“Yangi normalar tergov idoralariga işi tuşgan fuqarolarning huquqlarini himoyalaydi” – ekspert
|13:50 / 17.08.202216 62911 min
Özbekiston Konstitutsiyasida Xabeas korpus va Miranda qoidalarini ham aks ettirilişi hamda aybsizlik prezumpsiyasi kafolatlarni yanada kengaytiriş taklif etilmoqda. Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori, professor Surayyo Rahmonova Kun.uz’ga bergan intervyusida kutilayotgan özgariş oddiy özbekistonliklar uçun nima berişi, qoidalar qoğozda qolib ketmay amal qilişi qanday kafolatlar berilayotgani haqida batafsil ma’lumot berdi.
– Konstitutsiyada aybsizlik prezumpsiyasi kafolatlariga oid qator normalarni mustahkamlaş taklif etilmoqda. Mazkur qoidalar kundalik hayotimizda qanday ahamiyatga ega?
– Aybsizlik prezumpsiyasi – bu insoniyat sivilizatsiyasi tarixidagi şaxs huquqlariga oid eng buyuk kafolatdir. Nima uçun? Sababi, aynan uşbu prinsipga muvofiq, şaxs uning aybi sudning hukmi bilan aniqlanguniga qadar aybsiz hisoblanadi! Ya’ni, jamiyat uçun şaxsning şa’ni va qadr-qimmati uning aybi isbotidan köra muhimroq.
Tergov özining funksiyasidan kelib çiqib, sudga mazkur şaxs jinoyat sodir etganligi haqida özining versiyasinigina taqdim qiladi, biroq uşbu şaxs hatto jinoyat sodir etganida uşlangan bölsa ham, uning aybi sudning hukmi bilan aniqlanguniga qadar u aybsizdir!
– Bu norma hozir ham qonunlarimizda bor, lekin amaliyotda har doim ham amal qilinavermaydi. Ya’ni işlamaydi. Aybi hali dalillar bilan isbotlanmagan bölsa-da, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari, xususan, tergovçi gumonlanuvçiga 100 foiz jinoyatçidek munosabat bölişadi. Nega şunday?
– Amaliyotda muammolar borligi rost. Aslida qonun himoyaçisi bölişi kerak bölgan şaxslarning ayrimlari tomonidan qonunlarga nomuvofiq munosabati tufayli jinoyat va uni tergovi haqida söz borganda odamlarimiz içida şunday stereotip fikrlaş keng tarqalgan: “Tergov organlariga kuning tuşmasin, tuşsa tamom, qutula olmaysan, tergov nima desa şuni qilişga majbur bölasan”.
Endi esa tasavvur qiling, jinoyatda gumonlanayotgan yoki ayblanayotgan şaxs tergovçiga qarab “Aybdor yoki aybsizligimni isbotlaşga majbur emasman, bu sizning majburiyatingiz!” deb tursa. Tan olaylik, bunday vaziyatni hatto tasavvur qilişimiz ham qiyin. Aslida esa aybsizlik prezumpsiyasi har bir şaxsga aynan şunday dadil pozitsiyada bölişni kafolatlaydi!
Gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi özining aybsizligini isbotlab berişga majbur emas. Bu nimani anglatadi?
Mavzuga oid
Tergovda şaxsga ayblov tergovçi tomonidan e’lon qilinadi, sud muhokamasida ayblovni davlat ayblovçisi qöllab-quvvatlaydi. Aynan şuning uçun şaxsning aybli yoki aybsizligini isbotlaş mazkur mansabdor şaxslar zimmasida. Gumon qilinuvçi, ayblanuvçi isbotlaş jarayonida iştirok etişga umuman majbur emas. Agar istasa, uşlangan vaqtdan to hukm çiqarilgunga qadar sukut saqlaşi mumkin.
– Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgarişlardan biri gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi özining aybsizligini isbotlab berişi şart emasligi közda tutadi. Şuni öquvçilarimizga osonroq tuşuntirib bera olasizmi?
– Bu ham aybsizlik prezumpsiyasi bilan uzviy boğliq. Taklif etilayotgan norma gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi özining aybsizligini isbotlab berişga majbur emasligini anglatadi va ular istalgan vaqtda sukut saqlaş huquqidan foydalanişi mumkin böladi.
Köz oldingizga keltiring, odatda şaxsga nisbatan jinoyat işi boşlanganda u oğir ruhiy holatga tuşadi, özini yöqotib qöyadi, aynan ana şu paytda u öz huquqlarini töliq anglay olmaydi. Va aynan şunday ruhiy holatda oddiy inson aybdorligini isbotlaş uning emas, tergov organlarining vazifasi ekanligini tuşunmasdan öziga qarşi körsatmalar berişi afsuski, hayotimizda keng tarqalgan amaliyot.
Şaxs özining aybsizligini isbotlab berişi şart emasligi va istalgan vaqtda sukut saqlaş huquqidan foydalanişi mumkinligi qoidasining konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanişi tergov organlari tomonidan şaxsni majburlaş yoki unga har qanday bosim ötkaziş kabi salbiy holatlaridan himoya qiladi.
Aybdorlikka oid barça şubhalar gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçining foydasiga hal qilinişi lozim. Qonun qöllanilayotganda kelib çiqadigan şubhalar ham gumon qilinuvçining, ayblanuvçining, sudlanuvçining foydasiga hal qilinişi kerak. Nima uçun şaxs huquqining mazkur kafolati muhim?
Aytaylik, şaxs jinoyat sodir etganlikda gumon qilindi, lekin buni bevosita isbotlaşning imkoni bölmadi: uning aybliligiga körsatuvçi bilvosita dalillar bor, lekin töğridan töğri aybini isbotlovçi dalillar mavjud emas. Şunday vaziyatda qonun aybdorlikka oid barça şubhalar gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçining foydasiga hal qilinişini kafolatlaydi. Ya’ni, “isbotlanmagan ayb – isbotlangan aybsizlikka teng” degan halqaro standart amal qiladi.
– Tasavvur qilaylik, Konstitutsiyaga şu norma kiritilganidan söng tergov organlari qörqitib, zörlik işlatib yoki boşqaça usulda bosim yoxud kuç qöllab, gumonlanuvçidan iqrornoma yozdirib olsa, sudda bu iqror inobatga olinmaydimi?
– Aynan jinoyat protsessida şaxsning şa’ni va qadr-qimmatini hurmat qiliş masalasi juda muhim. Sababi, aynan jinoyat protsessida insonga asossiz jismoniy yoki ruhiy tazyiq ötkaziş xavfi katta. Şu sababdan ham, qonun kimgadir emas, aynan mansabdor şaxslarga jinoyat protsessi iştirokçilari bilan har qanday noprotsessual usulda muloqot qilişni, ya’ni öz hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilişni qat’iyan taqiqlaydi.
Aytiş kerakki, tergov vaqtida qöllaniladigan ğayriqonuniy harakatlar nafaqat qiynoq va boşqa zörlik usullaridan iborat, ya’ni, jinoiy ta’qib ostidagi şaxsga nisbatan bosim nafaqat jismoniy, balki ruhiy ham bölişi mumkin. Lekin bunday noqonuniy usullarni qöllab olingan har qanday dalillardan foydalaniş taqiqlanadi.
Siz ta’kidlagan iqrorlik körsatmalari ham bosim ostida olingan bölsa, nomaqbul dalil hisoblanadi va ulardan sudda foydalaniş mumkin emas. Bundan taşqari, qonunda şunday protsessual talab amal qiladiki, unga binoan agar sud majlisida masalan, sudlanuvçi tergovda unga nisbatan ruxsat berilmagan usullar qöllanilganligi töğrisidagi murojaat qilsa, sudya bu murojaatni sud-tibbiy ekspertizasi yoki boşqa ekspertiza ötkazgan holda majburiy tekşirişi zarur.
Aynan ana şu kafolatning Konstitutsiyada mustahkamlanişi har qanday bu kabi nomaqbul dalillardan foydalanişga çek qöyadi. Muhim jihati, bunda nafaqat noqonuniy usulda olingan iqrorlik körsatmalari, balki ularning asosida ayblanuvçi iştirokida ötkazilgan boşqa tergov harakatlari va ularning natijasida olingan dalillar ham öz yuridik kuçini yöqotadi.
– Şaxs öziga va yaqin qarindoşlariga qarşi guvohlik berişga majburmi?
– Sönggi yillarda mamlakatda sud va tergov jarayoni iştirokçilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş yönalişida muhim islohotlar amalga oşirildi. Xususan, 2018 yilda Özbekiston Respublikasining “Jabrlanuvçilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boşqa iştirokçilarini himoya qiliş töğrisida”gi qonuni qabul qilindi.
Ta’kidlaş joizki, davlatimiz rahbari “Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida şaxsiy va siyosiy xuquqlarni himoya qiliş sohasida amalga oşirilişi lozim bölgan muhim islohotlar qatorida “jinoyat protsessida jabrlanuvçi va guvohlarning huquqlari va xavfsizligini ta’minlaş mexanizmini takomillaştiriş” masalasiga ham alohida töxtalib ötgan. Şaxs öziga va öz yaqin qarindoşlariga qarşi guvohlik qilişga majbur etilişi mumkin emasligi qoidasini qat’iylaştiriş, uning ahamiyatini oşiriş birinçi navbatda, davlat rahbari tomonidan e’tirof etilgan ana şu masalani ta’minlaşga qaratilgan.
Şaxs öziga qarşi körsatma bermasligi huquqi ham aynan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi qoidalaridan kelib çiqadigan kafolat hisoblanadi. Jumladan, aybsizlik prezumpsiyasiga binoan, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi özining aybsizligini isbotlab berişi şart emas va istalgan vaqtda sukut saqlaş huquqidan foydalanişi mumkin.
Mazkur talab BMTning 1966 yil 16 dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar töğrisidagi Xalqaro pakt 14-moddasi talablaridan ham kelib çiqadi. Unga asosan öziga özi qarşi körsatuv berişga yoki özini aybdor deb tan olişga majbur kilinmaslik körsatilgan. Özbekiston Respublikasi mazkur Paktga 1995 yilda qöşilgan.
Bu xalqaro standartning asosiy maqsadi – huquq tartibot organlari tomonidan jinoiy ta’qib ostidagi şaxsni majburlaş yoki unga har qanday bosim ötkaziş yöli bilan uning irodasiga qarşi olingan dalillardan foydalanişga yöl qöymaslikdir. Mazkur kafolatdagi öz-özini ayblamaslik huquqi faqatgina jinoyat sodir etişda iqror bölişga majburlaş taqiqi bilan çeklanib qolmaydi.
Öziga yoki yaqin qarindoşlariga qarşi guvohlik berişga majburlaş mumkin emasligi qoidasi keyinçalik jinoyat işida foydalaniş mumkin bölgan faktlar töğrisidagi har qanday ma’lumotlarni taqdim qilişga majburlaş ham mumkin emasligini nazarda tutadi. Uşbu qoida sud va huquq-tartibot organlari söroq qilişdan oldin şaxs öziga va yaqin qarindoşlariga qarşi körsatma bermaslik huquqi töğrisida ogohlantirişi lozimligini ham anglatadi.
– Bu norma milliy qonunçiligimizda aks ettirilgan va u işlayotgan bölsa, uni mamlakat boş qonunida aks ettirişga qanday zarurat bor edi?
– Albatta, hozirda ham Jinoyat-protsessual kodeksida şaxsning öz qarindoşlariga qarşi körsatma beriş erkinligi belgilangan. Jumladan, mazkur kodeksining 116-moddasiga köra, gumon qilinuvçining, ayblanuvçining, sudlanuvçining yaqin qarindoşlari gumon qilinuvçiga, ayblanuvçiga taalluqli holatlar haqida guvoh yoki jabrlanuvçi tariqasida faqat özlarining roziliklari bilan söroq qilinişlari mumkin.
Lekin şu bilan birga, afsuski, sud tergov amaliyotida şunday holatlar ham uçraydiki, ayrim tergov xodimlari fuqarolarimiz özining bunday huquqi borligini anglamasligidan foydalanib, öz qarindoşiga nisbatan guvohlik beriş-bermaslik şaxsning mutlaqo erkinligi ekanligi va bu kabi guvohlik berişdan boş tortiş uçun jinoiy javobgarlik mavjud emasligini töliq tuşuntirmaydilar. Natijada insonlarning mazkur huquqdan amalda real foydalanişida muammolar yuzaga keladi.
Şaxsning öziga va yaqin qarindoşlariga qarşi guvohlik bermaslik huquqi har qanday turdagi qiynoqlar, tahdidlar va majburlov çoralarini qöllaşni çeklovçi instrument bölib xizmat qiladi. Mazkur qoidaning Konstitutsiya darajasida belgilanişi esa şaxsga kimningdir xohiş-irodasi obekti sifatida munosabatda bölişga yöl qöyilmasligini, uning şaxsiy hayot daxlsizligi esa çinakam konstitutsiyaviy kafolat ekanligini mustahkamlaydi. Yangi normalar tergov idoralariga işi tuşgan fuqarolarning huquq-manfaatlari ta’minlanişiga xizmat qiladi.