Oq uy Amerika kompaniyalariga Anqara va Moskva «rasmiy iqtisodiy hamkorlik» böyiça bir qarorga kelsa, Turkiya bilan biznesni qisqartirişni tavsiya qilişi mumkin. Bu haqda 17 avgust, çorşanba kuni Politico naşri AQŞ ma’muriyatidagi manbaga tayanib xabar berdi.
«Biz Turkiya biznes va sarmoyani jalb qiluvçi global markaz bölişi kerak, deb öylaymiz, biroq Rossiya bilan yaqin munosabatlar Turkiyaning butun dunyo bilan integratsiyalaşuvi uçun real xavflarni keltirib çiqaradi», — dedi naşr suhbatdoşi. Uning sözlariga köra, Turkiya va Rossiya örtasida yanada yaqinlaşuv kuzatilsa, Anqaraga dollarda tölovlarni amalga oşiriş taqiqlanişi mumkin.
Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdöğan va Vladimir Putin 6 avgust kuni Soçida muzokara ötkazdi. Erdöğanning sözlariga köra, milliy valutalarda savdoga ötiş va mamlakatlar örtasidagi yillik savdo aylanmasini 100 mlrd dollarga yetkaziş haqida qaror qabul qilingan. Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novakning xabar berişiça, turk tomoni ham Rossiya gazi uçun qisman tölovni rublda amalga oşirişga rozi bölgan.
Avvalroq AQŞ Rossiya bilan qurollaniş sohasida hamkorlik qilgani uçun Turkiyaga qarşi sanksiyalar joriy qilgan edi. Turkiya Rossiyada işlab çiqarilgan S-400 zenit-raketa komplekslarini sotib olyapti. Şu munosabat bilan AQŞ Turkiyani F-35 qiruvçi samolyotlarini işlab çiqariş dasturidan çiqarib yubordi.












