Hindistonda tovlamaçilar soxta politsiya bölimi oçgani va sakkiz oy faoliyat olib borgani aniqlandi, deb xabar berdi The Guardian.
Ular “bölim”ga murojaat qilganlarga yordam beriş evaziga jabrlanuvçilardan pul talab qilib kelgan hamda turli xizmatlar körsatiş uçun “pora” olişgan.
Xabarda aytilişiça, yuzlab fuqarolar ularning qurboniga aylangan.
Tovlamaçilar politsiya libosida va haqiqiy qurol bilan yurişgan. Qiziği, soxta bölim haqiqiy politsiya boşliğining uyidan atigi 500 metr masofada joylaşgan.
Ma’lumot berilişiça, bu iş böyiça olti kişi qölga olingan, ularning boşliği qidiruvga berilgan.












