Kun.uz muxbiri sönggi vaqtlarda faollaşayotgan Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi integratsiyaga intiliş jarayonlari, bu boradagi muammo va yeçimlar, uning siyosiy oqibatlari mavzusida siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov bilan suhbatlaşdi.

— Albatta, Markaziy Osiyodagi kelişuv bu yerga köz tikkan katta geosiyosiy öyinçilarga yoqmasligi tabiiy. Bu tomondan qanday xavf yoki çaqiriqlarni kutiş mumkin?

— Bugungi kunda Rossiya possovet hududidagi agressor davlatga aylandi. U global geosiyosiy şaroitda yaşab qoliş uçun özining qutbini şakllantirişni maqsad qilib qöygan. Bu Markaziy Osiyo davlatlari suvereniteti uçun jiddiy xavf. YeOII va KXŞT kabi loyihalar ham mintaqani öz geostrategik nazoratida uşlab turişdir.

Masalan, Qozoğistonga bölayotgan bosimlar kuçayib bormoqda. Lekin, ötgan davrda mintaqada Rossiyaning eng yaqin ittifoqçisi Qozoğiston edi. Bugun ham ikki davlat örtasidagi iqtisodiy aloqalar juda yuqori. Lekin bu şeriklik Rossiyaning bosimidan kafolatlamayapti ham, himoyalamayapti ham. Rossiyaning pirovard maqsadi – integratsiyaga rozi bölmagan davlatlarga harbiy, siyosiy va iqtisodiy bosimlardan iborat gibrid bosim modellari işlatilyapti.

Bulardan xulosa qiliş mumkinki, yaqin yillarda eng muhim masala – mintaqa davlatlarining hududiy yaxlitligini saqlab qoliş masalasi.

Xitoyning eng muhim manfaati – Markaziy Osiyo davlatlari Uyğuristondagi separatistik harakatlarni qöllab-quvvatlamasligidir. Bu borada Xitoyning pozitsiyasini yoqlaşdir. ŞHTni tuzişdan asosiy maqsad ham aslida şu bölgan. Bugun boşqa masalalar ham qöşilib, katta loyihaga aylanib ketdi.

AQŞ va Yevropa Ittifoqining mintaqadagi pozitsiyasi bir xil emas. Vaşingtonning birinçi manfaati Markaziy Osiyo davlatlari geosiyosiy mustaqil bölişi hamda Xitoy hamda Rossiyaning mintaqadagi ta’siri imkon qadar kamayişi hisoblanadi.

— Qozoğiston prezidenti sönggi vaqtlarda Rossiyaga nisbatan bir neça marotaba keskin deb hisoblangan çiqişlar qildi, bunga ruslar javob ham qaytardi. Lekin uning Issiqkölda maslahat uçraşuvlariga Xitoy va Rossiya yetakçilarini ham çaqirişni taklif qilgani kutilmagan iş böldi. Töqayev nima uçun bunday yöl tutdi, sizningça?