Davlat test markazi xabariga köra, test sinovlari oçiq maydonlarda taşkil etiladi va 23 avgust kuni boşlanib, 25 avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari: 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bölib ötadi.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan böyiça ötkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topşiriği va ularni işlaş uçun 3 soat vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida töplaş mumkin bölgan maksimal ball – 189 ball bölib, har bir töğri javob uçun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.
Talabgorlar test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnomani Davlat test markazi my.dtm.uz saytidan olişi mumkin.
Talabgorlardan test sinovi ötkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin şaxsini tasdiqlovçi hujjat va test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnoma bilan kelişlari söralgan.













