Tasmaçi mayizlari şiradorligi yuqoriligi bilan xaridorgir hisoblanadi. Hududda qariyb 3 ming gektar tokzor bor. Qişloqdagi xonadonlarning deyarli barçasi mayiz ortidan daromad qiladi.

“Tasmaçi qişloğimizni yurtga, çet ellarga tanitgan boğlarimiz, mayizimiz böladi. 30 yildan beri boğdorçilik bilan şuğullanamiz. Boğlarimiz yaxşi: Tasmaçi qişloğining tabiati, yeri boğ uçun möljallangan. Mana, hosilimizni yiğiştirib olyapmiz, uzumlarni uzib böldik. Tabiatning injiq kelganligiga qaramasdan, hosil yaxşi. Boğimizda uzumning toifi, qora kişmiş kabi hosildor, suvga çidamli 6-7 xil navi bor. Bu yil 45-50 darajagaça issiq böldi. Şunga ham boğlarimiz çidadi”, — deydi boğbon Sirojiddin Örozov.

Qişloqdagi uzumçilik fermer xöjaliklari aholiga şartnoma asosida 50 sotix, 1 gektardan boğ ajratib beradi. Hosil yiğilgaç, şartnomadan oşgan qismi mayiz qilinadi. Tasmaçida katta mayiz bozori ham bor. Haftasiga ikki marotaba böladigan bozor sentabr oyidan ança faollaşadi.
Yoş boğbon Komil Parmonovning ta’kidlaşiça, mazkur bozorda bir kunda 170 tonnagaça mayiz sotiladi:
“1 gektar boğim bor. Yiliga 35-40 million söm sof daromad qilaman. Uzilgan uzumlar asosan ikki xil, ya’ni ilmaki va yoyma usulda mayiz qilinadi. Yoyma usulda hosil oddiy yerga, boğ oralariga yoyib çiqiladi. Ilma usulda esa yoğoçdan yasalgan maxsus devorlarga osiladi. Ilmaki usulda uzum uzun bölib, çözilib quriydi. Şu sababli, mayizi ham xaridorbop, sifatliroq böladi. Yoyma mayizning narxi örtaça 15-20 ming söm atrofida bölsa, ilma mayiz bundan 10-15 ming söm yuqori narxda sotiladi. Töğri, ilma usulning mehnati köproq, ammo narxida yaxşigina farqi bor”.

Tasmaçida tokzorlar yildan yilga köpayib boryapti. Xatirçi tumani hokimi örinbosari Jalil Raşidovning ma’lum qilişiça, joriy yildan qişloqda har yili avgust oyida uzum festivali ötkazilişi rejalaştirilmoqda.















