Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ittifoq hududiga rossiyaliklarning kirişi taqiqlanişiga qarşi çiqdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
«Barça rossiyaliklarning kirişini taqiqlaş – yomon fikr», — dedi Borrel.
Uning fikriça, YeI «oligarxlar» uçun çegaralarini yopişi kerak, lekin vatanidan qoçib ketişni istayotgan rossiyaliklar köp ekanligini yodda tutişi lozim.
YeIning ayrim mamlakatlari viza berişni taqiqlaş uçun ma’lum çoralarni kördi, buni YeIning boşqa mamlakatlari qöllab-quvvatlamaydi va avval bu çoralarni Yevroittifoq darajasida muhokama qilgan ma’qul edi, deya qöşimça qildi Borrel.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avgust oyi boşida Rossiyaning öz mamlakatiga bostirib kirişi uçun sanksiyalar qöllaşga çaqirganidan söng, ruslarga Yevropa vizalarini berişni töliq taqiqlaş zarurligi haqidagi muhokama qayta boşlandi.
Çexiya, Estoniya, Latviya va Litva hukumatlari ham qattiq çeklovlar tarafdori bölib turibdi. Şengen vizalari berişni çeklaş masalasi avgust oyi oxirida YeI kengaşida muhokama qilinadi.
Germaniya kansleri Olaf Şols RF fuqarolariga viza berişni butunlay taqiqlaşni qöllab-quvvatlamasligini aytib, siyosiy ta’qib tufayli mamlakatni tark etişga majbur bölgan rossiyaliklar haqida eslatdi.
«Biz qabul qilayotgan barça qarorlarimiz ularning ozodlikka erişiş va Rossiyadagi diktaturadan qutuliş uçun mamlakatni tark etiş jarayonini murakkablaştirmasligi kerak. Bu rus xalqining uruşi emas, bu Putinning uruşi», - dedi Şols.












