Markaziy bank Özbekistonning xalqaro zaxiralari töğrisidagi ma’lumotlarni yangiladi.
2022 yilning 1 avgust holatiga köra, Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 34,6 mlrd dollarni taşkil qilgan. Taqqoslaş uçun bu körsatkiç 2022 yil 1 iyul holatiga köra, 35,58 mlrd dollar bölgan. Raqamlar ötgan bir oyda Özbekistonning rasmiy zaxiralari 976 mln dollarga kamayganini körsatmoqda.
Avgust oyi davomida oltinning fizik hajmi sezilarli miqdorda: 11,7 mln troya unsiyadan 12 mln troya unsiyaga ( taxminan 9,33 tonna) oşgan bölsada, qiymati 21,22 mlrd dollardan 21,07 mlrd dollarga pasaygan. Bu asosan hisobot davrida jahon bozorida oltin narxlarining arzonlaşgani bilan boğliq.
Şuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari ham 13,3 mlrd dollardan 12,47 mlrd dollardan yoki 830,4 mln dollarga kamaygan.
“Özbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boşidan beri 531,9 mln dollarga yoki 1,5 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boşidagi 1799,25 dollardan 1758,9 dollargaça pasayişining ta’siri 483,6 mln dollarni taşkil qildi”, deyiladi Markaziy bank izohida.












