Holatni örganiş maqsadida Kun.uz muxbiri Jomboy tumanida bölib, vafot etganlarning yaqinlari bilan suhbatlaşdi.

Samarqandda amalga oşirilgan ilk amaliyotda qatnaşgan 57 yoşli bemor jigar sirrozi, subkompensatsiya bosqiçi bilan kasallangan bölib, unga 35 yoşli qizi donorlik qilgan.

Ma’lum bölişiça, donor onasining tuzalib ketişiga katta umid bildirgan.

“Ayolim sönggi ikki yilda ança qiynaldi. Bir qator tekşiruvlar, muolajalarni boşdan ötkazdi. Samarqand viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida ötkazilgan tekşiruvlardan söng, şifokorlar şu yerda operatsiya qiliş mumkinligini tavsiya qilişdi. Avvaliga özim donorlik qilmoqçi böldim, şifokorlar töğri kelmasligini tuşuntirişdi. Şundan söng qizim donorlik qiladigan böldi. Operatsiya ham ötdi, ayolim va qizimning oyoqqa turib ketişiga umid qildik. Biroq avval onasi, keyin qizim şifoxonadan çiqmay nobud böldi. Allohning irodasi ekan” – dedi Abdumalik Qurbonov.

12 avgust kuni bemor, 16 avgust kuni donor vafot etgan.  

Onasiga donorlik qilgan ayolning turmuş örtoği va uç nafar farzandi bölgan. Uning turmuş örtoği operatsiya ötkazilayotganda Rossiyada bölgan. Xotinining donorlik qilişiga yozma tarzda rozi bölib, uni elektron tarzda şifokorlarga taşlab bergan.

“Ayolimni fikridan qaytarişga juda köp urindim. Donorlik qilsa, ertaga özi ham xastalanib qolişi mumkinligidan ogohlantirdim. Onasining tuzalib ketişi uçun qattiq turib oldi. Majburan rozi böldim. Operatsiyadan avval ham telefon orqali suhbatlaşdik, ayolim soğlom edi. Şifokorlar ham operatsiya ijobiy ötgani haqida ma’lumot berişdi. Biroq şifoxonadan çiqmay qaynonam ham, turmuş örtoğim ham vafot etdi. Men otamning qarori bilan da’vo qilmay turibman. Biroq nega şifokorlar holatga yuzaki qaraşdi? Hozir bizning qölimizga xotinimni yurak bilan boğliq muammo sabab vafot etdi, deb qoğoz berişgan. Soğlom odamni operatsiya stoliga olib, uning hayotini xavf ostida qoldirayotgan şifokorlar avval barça çoralarni körib qöygan bölişi kerak emasmidi? Operatsiyaga rozilik bildirdi degani, ularning ölimiga roziman, degani emas-ku” –  dedi donorlikdan keyin vafot etgan ayolning turmuş örtoği Komiljon Ösarov.

Ösarovning qöşimça qilişiça, ayoli 2022 yilning bahorida ham kökrak qismidan jarrohlik amaliyotini ötkazgan.

Viloyat SSBning ma’lum qilişiça, transplantatsiyadan söng donorda buyrak yetişmovçiligi, ikki tomonlama zotiljam asorati kuzatilib, standart böyiça intensiv davo çoralari qöllanilgan. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, donorda öpka tomirlarining tromboemboliyasi asorati kuzatilganligi gumon