“Bu taşrifni tom ma’noda tarixiy voqea deyişimiz mumkin. Çunki bu 30 yillik tanaffusdan keyin oliy darajadagi birinçi şunday taşrif böldi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni podşohlik valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan muzokara ötkazdi. Unda ikki mamlakat örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi özaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Muzokara natijalari böyiça Özbekiston bilan podşohlik örtasida keng qamrovli şeriklik munosabatlarini yanada kengaytiriş töğrisida qöşma bayonot qabul qilindi. Şuni alohida ta’kidlaşni istardimki, Saudiya podşohligi doim ham taşrif buyurgan davlat rahbarlari bilan davlatlararo bayonot imzolamaydi. Bu ham Özbekistonga bölgan alohida e’tibordan dalolatdir”, dedi u.
Hujjatda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, fan-texnologiya, ta’lim, xavfsizlik, mudofaa va mintaqaviy boğliqlik sohalaridagi hamkorlik böyiça asosiy pozitsiyalar belgilangan. Taşrif doirasida umumiy qiymati 14,8 mlrd dollarga teng 15 ta hujjat imzolandi.
Bular: bojxona işlarida hamkorlik va özaro yordam töğrisida bitim; Energetika vazirliklari örtasida energetika sohasida hamkorlik bitimi; fan va texnologiya, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, mehnat munosabatlari, quriliş, veterinariya va çorvaçilik, axborot, farmatsevtika va diniy sohalardagi memorandumlar; Islom taraqqiyot banki bilan Özbekistonda loyihalarni moliyalaştiriş böyiça hamkorlik töğrisidagi bitim.
18 avgust kuni Jidda şahrida davlat rahbari qator uçraşuvlar ötkazdi. Islom hamkorlik taşkiloti boş kotibi Husayn Ibrohim Toha hamda Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon Al-Jassirlarni qabul qildi. Muzokaralarda özaro aloqalarni yanada rivojlantiriş masalalari, hamkorlikda amalga oşiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
Özbekistonning fan va ta’lim sohalaridagi boy salohiyati qayd etilib, Islom hamkorlik taşkiloti boş kotibi Husayn Ibrohim Toha yoşlarni öqitiş va malakasini oşiriş borasida Özbekiston bilan hamkorlik qilişdan taşkilot manfaatdor ekanini bildirdi.
Şu kuni prezident Jiddada Saudiya Arabistoni yetakçi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi. Davlat rahbari Saudiya kompaniyalarini yangi loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşirişda yanada yaqindan hamkorlik qilişga çaqirdi. Saudiyalik işbilarmonlar Özbekistondagi yirik banklar, sanoat va infratuzilma obektlarini xususiylaştiriş jarayonlarida iştirok etişga taklif etildi. Qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun eng istiqbolli sohalar sifatida “yaşil” energetika va “yaşil” iqtisodiyot körsatib ötildi.












