Yevropa ittifoqi hududining deyarli yarmi (47 foiz) avgust oyida qurğoqçilik xavfi ostida turibdi, deb xabar berdi Yevropa qurğoqçilik monitoringi xizmati 22 avgust, duşanba kuni Bryusselda. Uzoq vaqtdan beri yoğingarçilikning kuzatilmayotgani sababli, YeI hududining 17 foizi allaqaçon favqulodda vaziyatni boşdan keçirmoqda, bu ösimliklar va ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir körsatmoqda, deya ma’lum qildi xizmat.
Iyul oyida qurğoqçilik xavfi Yevroittifoq hududining 46 foizida aniqlangan. «Yil boşidan buyon Yevropaning köplab mintaqalariga ta’sir körsatayotgan kuçli qurğoqçilik yangi hududlarga tarqaldi va avgust oyi boşidan kuçaydi», deyiladi Yevropa komissiyasi topşiriği bilan tayyorlangan hisobotda.
Hujjat mualliflarining ta’kidlaşiça, yoğingarçilik yöqligidan eng köp zarar körgan mintaqalar orasida Portugaliyaning bir qismi, butun Ispaniya, Fransiya janubi, Italiya markaziy qismi, Germaniya janubi, şuningdek, Slovakiya, Vengriya va Ruminiyani qamrab olgan katta hudud bor.
Avgust oyi örtalarida ayrim hududlarda yoğgan yomğirlar qurğoqçilikni biroz yumşatgan, ammo momaqaldiroqlar ba’zi hududlarga zarar yetkazgan va yomğirning ijobiy ta’sirini çeklagan bölişi mumkin, deb yozadi mutaxassislar. Uzoq muddatli anomal qurğoqçilikdan söng, ular avgustdan oktyabrgaça YeIning köp qismida «şaroit normalga yaqinlaşişi»ni kutmoqda. Ötgan oylardan töliq tiklaniş uçun bu yetarli bölmasligi mumkin, ammo köp joylarda bu oğir ahvolni yumşatadi, deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari.
Ma’lumotlarga köra, ğarbiy Örta Yer dengizi mintaqalarida issiq va örtaçadan yuqori quruq ob-havo noyabrgaça davom etişi mumkin. Şu sababli, mutaxassislar Ispaniya va Portugaliyaning ayrim hududlarida qurğoqçilik davom etişini istisno qilmayapti. Anormal issiq va quruq ob-havo hosilning nobud bölişiga olib kelişi kutilmoqda. Xususan, makkajöxori, soya va kungaboqar kabi yozgi ekinlar zarar köriş mumkin.












