Bugun, 24 avgust kuni Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boşçiligida prezident tomonidan yangi tayinlangan kadrlar taniştiruvi böyiça yiğiliş bölib ötdi.

Kun.uz manbasining xabar berişiça, Administratsiya nazorat inspeksiyasi boşliği lavozimiga Saidlaziz Saidasiloviç Saidkarimov tayinlangan. U bunga qadar Hisob palatasi raisi örinbosari bölib işlab kelayotgandi.

Uning örniga esa Prezident administratsiyasi şö’ba mudiri Ötkir Jumanov Hisob palatasi raisi örinbosari bölgan.

Tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda inspeksiyaning yangi boşliğiga prezident topşiriqlari, ijro intizomi, qaror va farmonlar ijrosini ta’minlaş, vazifalariga sovuqqonlik bilan yondaşayotgan rahbar xodimlarga jazo beriş, ularni işdan ozod etiş va qonuniy javobgarlikkaça tortiş yuzasidan takliflar kiritiş vakolatlari berilgan.

Saidlaziz Saidkarimov 1982 yil Toşkent viloyatida tuğilgan. 2002 yil Özbekiston Milliy universitetini huquqşunoslik mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

U 2002-2009 yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tizimida turli vazifalarda işlagan. 2009-2018 yillarda Boş prokuratura boşqarma prokurori, katta prokurori, boşqarma boşliği örinbosari, boşqarma boşliği lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2018 yil fevraldan 2020 yil sentabrgaça boş prokuror örinbosari lavozimida işlagan, şundan söng Hisob palatasi raisiga örinbosar etib tayinlangan edi.