Uçuvçilik va “Dreamliner” orzusi haqida

— Uçuvçilar sulolasidanman. Uçuvçi bölişimga şu kasbda uzoq işlab pensiyaga çiqqan rahmatli bobom sababçi bölgan. Dadam ham şu kasbda işlab nafaqaga çiqqan. Yoşligimdan uçuvçi bölişga qiziqiş bölgan va öqib harakat qilganman.

2016 yildagi katta özgariş “Boeing 787 Dreamliner” samolyoti keldi. Bu biz uçun katta özgariş bölgan, bungaça men “Il-14” samolyotida uçardim. “Drimlayner”ni orzu qilganman, 114dan keyin “Boeing 757” va “767” samolyotlarida uçganman. Ulardan keyin mana “Dream” samolyotlarida uçiş orzumga yetdim. Yana bir orzum – şunaqa katta samolyotlarda kema sardori bölib uçiş.

11 yil maktabni öqigandan keyin tibbiy körikdan ötganmiz. Keyin psixologiya tekşiruvlaridan ötgaç, 3ta – matematika, rus tili va ingliz tili fanlaridan imtihon topşirganmiz. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirgaç, 2007 yilda Sankt-Peterburg milliy fuqarolik aviatsiya universitetiga öqişga ketganmiz. 5 yillik öqişni bitirib, 2012 yilda Özbekiston aviakompaniyasiga işga joylaşganmiz.

Maoşga keladigan bölsak, kompaniya har bir uçuvçi bilan şartnoma tuzadi va öşa şartnomadagi kelişuvlar böyiça bizga maoş ajratiladi. Aynan summasiga keladigan bölsak, buni aytolmayman.

Ilk parvoz – hayajon va qörquvni yengiş

— Birinçi parvozim kursant paytimda Urganç aeroportida bölgan. Hayajon va qörquv albatta bölgan, yengişga keladigan bölsak, birinçi parvozda qörqqanmiz ham, hayajon ham bölgan – bular sekin-asta vaqt mobaynida ötib ketgan.

Uçuvçi uçun eng qiyin va eng yaxşi damlar

Har bitta reysdan zavqlanaman. Samolyotni yumşoq qöndirganda yölovçilar minnatdorçilik bildirganidan katta motivatsiya olaman.

Işimning eng qiyin jihatlari – tizimda nosozlik röy berib qolişi mumkin, bir joyga uçib ketayotgan bölsak, ob-havo yaxşi bölmasligi mumkin... Özimdan kelib çiqib aytadigan bölsam, unaqa nosozliklar bölmagan. Bunday vaziyatlarni bartaraf etişni maşğulotlarda maşq qilamiz.