Iyun oyida Buyuk Britaniya kamida çorak asr içida birinçi marta Rossiyadan heç qanday energiya taşuvçini import qilmadi. 24 avgust, çorşanba kuni Londondagi ONS statistika boşqarmasi ma’lum qilişiça, Ukrainaga qurolli bostirib kirişi sababli Rossiyaga qarşi sanksiyalar taxminan olti oy oldin joriy qilinganidan beri RFdan import doimiy ravişda kamaydi. 

Iyun oyida, 25 yil oldin hisob-kitoblar boşlanganidan beri birinçi marta Buyuk Britaniya Rossiyadan benzin, dizel yonilğisi, gaz, kömir, koks kabi qayta işlangan neft mahsulotlarini import qilmadi. Ayni paytda, faqat ötgan yili Rossiya bunday mahsulotlarni Britaniyaga eng köp yetkazib bergan edi. 

Buyuk Britaniyada boşqa rus tovarlarining importi ham amalda töxtadi. RFga qarşi sanksiyalar tufayli Rossiyaning Britaniyaga importi hajmi 97 foizga qisqargan va hozirda atigi 33 million funt sterlingni taşkil etmoqda, deb ta’kidladi ONS. 

London hukumati sanksiyalar bir qismi sifatida Rossiya mahsulotlarining ayrimlarini import qilişni butunlay taqiqlab qöydi, boşqalariga esa katta bojlar kiritdi. Yil oxiriga qadar Rossiya nefti va neft mahsulotlarini import qilişni butunlay töxtatiş rejalaştirilgan. Köpgina korxonalar ixtiyoriy ravişda Rossiya bilan biznes yuritişni töxtatdi. 

Rossiya örniga Britaniya kompaniyalari boşqa mamlakatlarda xarid qilişni afzal körmoqda. ONS ma’lumotlariga köra, Saudiya Arabistoni, Niderlandiya, Belgiya va Kuvaytdan neft mahsulotlari importi oşgan. Gaz qazib oliş ham ortib bormoqda: yilning birinçi yarmida qirollikda gaz qazib oliş yiliga 26 foizga oşdi.