Neft xizmatlarini körsatuvçi kompaniyalar guruhi pandemiya bilan boğliq 3 yillik tanaffusdan söng Bangladeşda faoliyati tiklanişini şu tarzda tantanali boşladi.

Rasmiy tadbirda Bangladeş Energetika vazirligining Boş kotibi Mahbub Hussayn, PetroBangla neft-gaz va mineral resurslarni qazib oliş davlat kompaniyasi raisi Nazmul Ahsan, loyihaning Boş buyurtmaçisi - Bangladeşning Bapex davlat kompaniyasi rahbari Muhammad Ali, neft-gaz tarmoğidagi köplab xalqaro kompaniyalar va mahalliy ma’muriyat vakillari iştirok etdi.

Mehmonlar uçun burğilaş maydonçasi böylab taniştiruv sayohati ham taşkil etildi. Unda ERIELL Oilfield Services B.V. filiali direktori Erjigit Döstmuhamedov burğilaş jarayonining öziga xos jihatlari, tozalaş tizimining işlaşi va boşqa jarayonlar haqida sözlab berdi.

Oçiliş marosimida Bangladeş vakillari tomonidan ERIELL Group'ga köp yillik hamkorlik va Bangladeş Respublikasida oldingi 17 ta quduqni quriş jarayonida Kompaniyalar guruhi mutaxassislari körsatgan yuksak professionalizm uçun minnatdorçilik bildirildi. Qisqa vaqt içida amalga oşirilgan hamkorlikning yangi bosqiçiga tayyorgarlik işlari samaradorligi qayd etildi.

Haqiqatan ham, burğilaşni boşlaşga tayyorgarlik işlarini, jumladan burğilaş qurilmasi va boşqa katta gabaritli va oğir yuklarni yetkazib beriş işlarini musson yomğirlari mavsumida bajarişga töğri keldi. 1-sonli Tabgi qidiruv quduği Bxola orolida joylaşgan «Şaxbazpur» konida burğilanmoqda. Yomğirlar oqimi tufayli yuvilib ketgan orolning tor yöllari, şuningdek, Bxola orolidagi oğir logistika şaroitlari, yuk va boşqa zarur vositalarni tayinlangan joyga yetkaziş uçun köplab texnik va muhandislik yeçimlarini talab etdi. Bundan taşqari, 1-sonli Tabgi quduğiga boradigan yölda 12 ta köprik joylaşgan bölib, hozirgi kunda bu yerda rekonstruksiya va quriliş işlari olib borilmoqda.

Bu şaroitlar ERIELL Group mutaxassislari uçun yangi tajriba bölmoqda, ularni turli iqlim şaroitlarida işlaşga örgatmoqda. Bangladeş Respublikasida uç yillik tanaffusdan söng birinçi qidiruv quduğini burğilaşning boşlanişi uşbu mamalakatda neft xizmatlarini körsatuvçi kompaniyalar guruhi rivojlanişining yangi bosqisi böldi.












