“Hozir dadam Hindistonda. Özbekistonda unga oqqon va jigar sirrozi taşxislari qöyilgan edi. Xorijga borişganda esa qizilöngaç raki ham aniqlandi. Hozir uçta bir biridan oğir kasal bilan kuraşayotgan otamning operatsiyasi uçun pulimiz yöqligi sababli operatsiya töxtab qoldi. Dadam oğirlaşib qolganlarini eşitdik. Yaxşi insonlarning yordami bilan jönab ketişgandi, endi yana yordamga muhtojmiz”, - deya yiğlaydi qiz.
Uysiz qolgan oila hatto ijaraga tölaş uçun mablağ yöqligi sabab bir muddat kasalxonada-yu, qarindoşlarnikida kun keçirişgan. Hozir esa ota-onasi xorijga ketgan uç farzand oğir şaroitdagi ijara uyda yaşaşadi. Oilaning örtançasi 15 yaşar ösmirning mardikorlik ortidan topgan puliga kun körişadi. Ammo hozir ularni qiynayotgan narsa bular emas. Otalarining musofir ölkada oğir dard iskanjasida qolayotganidan xavotir olayotgan bolalar uni yöqotişdan qörquvda.
“Hali ukam va singlim juda yoş. Qölimdan duo qilişdan boşqa heç narsa kelmayapti. 15 yoşli ukam kunlik işga çiqib oziq-ovqatimiz uçun pul topib turibdi. Biz ham qarab turmaymiz - özim va singlim ğöza çopişga çiqamiz, ukam yuk ortişga çiqadi.
Dadamiz ketganlariga bir oy böldi, ularni juda soğindik. Bizning ahvolimizni otasidan ayrilganlar yaxşi tuşunişadi”, - otasiz qolişdan qörquvda yaşayotgan qizning nolasidan alam yoğiladi.
Ota-onasining musofirlikda oğir dard bilan qolayotganidan xavotirda kelgan qizning öksinişlari quvonçga aylansin. Uç farzand yetimlik azobini tortmasligi uçun befarq bölmaslikning özi odamiylikning yuksak belgisidir.
Bobomurod Şobirovga oid ma’lumotlar:
Uzcard: 8600 0423 1734 1989 turmuş örtoği Sapura Toşmatova nomida
Uzcard: 8600 0609 1435 6085 turmuş örtoği Sapura Toşmatova nomida
Manzil: Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Islohot köçasi 39 uy.
Gulmira Toşniyozova tayyorladi.
Tasvirçi Abdusalim Abduvohidov.












