Yyel universiteti tadqiqotçilarining hisobotiga köra, 2022 yil mart oyidan beri Rossiya Donetsk oblastida ukrainaliklar uçun kamida 21 ta filtratsion lagerni taşkil qilgan. Hujjat 25 avgust, payşanba kuni AQŞ Davlat departamenti tomonidan qöllab-quvvatlangan Conflict Obseratory loyihasi saytida e’lon qilindi. 

Oçiq manbalardan olingan ma’lumotlar va masofadan zondlaş axborotlaridan foydalangan holda tadqiqotçilar «yuqori darajadagi ehtimollik bilan» 21 ta filtratsion lager joylaşganini aniqladi. Ular aniqlangan obektlarni törtta asosiy toifaga ajratdi: röyxatga oliş punktlari, röyxatga olişni kutayotgan şaxslarni saqlaş joylari, tergov izolyatorlari va uzoq muddatli saqlaş joylari sifatida xizmat qiluvçi qamoqxonalar. 

«Tinç aholining taşqi dunyodan uzib qöyilgan holda qölga olinişi xalqaro gumanitar huquqning buzilişidan köra köproq narsadir», - deydi tadqiqot mualliflaridan biri Kave Xoşnud. «Uşbu hisobotda hujjatlaştirilgan hibsda saqlaş şaroitlari antisanitariya, oziq-ovqat va suv yetişmasligi, tor şaroitlar va qiynoqlarni öz içiga oladi», dedi u. Hisobot mualliflari mustaqil kuzatuvçilardan hujjatda tasvirlangan obektlarga kiriş huquqiga ega bölişni talab qildi. 

Bundan taşqari, Yyel universiteti hisobotida Olenivka koloniyasidagi harbiy asirlarning qabri bölgan obektlar haqida söz boradi. Iyul oyi oxirida qamoqxona majmuasida röy bergan portlaşdan söng 53 ukrainalik harbiy asir halok böldi. Moskva va Kiyev bunda bir-birini ayblamoqda. 

Rossiyaning AQŞdagi elçixonasi uşbu xabarga munosabat bildirdi va materialni «soxta» deb atadi. Diplomatik missiya AQŞ Davlat departamenti rossiyalik harbiylarning Ukrainadagi harakatlarini obrösizlantiriş maqsadida ma’lumot tarqatayotganini bildirdi.