Ikkinçi jahon uruşi tugagandan keyin 10-15 yil ötib dunyoning aksariyat davlatlari keskin iqtisodiy rivojlana boşlaydi. Odamlarning daromadi va şunga yaraşa turmuş tarzi ham yaxşilanib borar ekan, ularning ehtiyojiga hamohang tarzda köplab yangi texnikalar kaşf etiladi, borlari takomillaştiriladi.

1950-yillarda Yevropada boşqa sohalar kabi avtomobilsozlik sanoati ham tez sur’atlarda rivojlana boşlaydi. Ehtiyojga qarab qimmat sport avtomobillari işlab çiqariş köpayadi. Öşa paytda bir neçta avtomobilsozlik kompaniyalari sportga ixtisoslaşgan maşinalar işlab çiqarar, ularning orasida Italiyada işlab çiqariladigan Ferrari eng maşhuri edi.

Ana şunday şaroitda sport avtomobillari bozorida yangi kompaniya paydo böladi va sport avtomobillari ixlosmandlari uçun maşinalar işlab çiqara boşlaydi. Bu Automobili Lamborghini S.p.A. kompaniyasi edi.

Automobili Lamborghini S.p.A. ning ilk zavodi / Foto: touringsuperleggera.eu

Ferruçço Lamborjini

Italiyalik taniqli tadbirkor Ferruçço Lamborjini 1916 yilda Italiyaning Adriatika dengiziga tutaş Ferrara provinsiyasidagi qişloqlardan birida, fermer oilasida tuğiladi.

Ferruçço bolaligida turli texnikalarga juda qiziqqani uçun otasi unga ferma hududida kiçik ustaxona oçib beradi. Kunlardan bir kun u ustaxonani yoqib yuborişiga sal qoladi. Şundan söng ustaxona vaqtinçalik yopiladi.

Ikkinçi jahon uruşi davrida Ferruçço harbiy texnikalar işlab çiqaradigan zavodlardan birida işlaydi. Uruşdan söng u qişloğiga qaytib keladi va qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqariş maqsadida Lamborghini Trattori S.p.A. kompaniyasini taşkil etadi.

1949 yilda kompaniya özining ilk traktorini işlab çiqara boşlaydi. Kompaniyada sanoqli xodim işlar va Lamborjinining özi boş usta sifatida traktorlarni yiğişda iştirok etardi.

Ferruçço Lamborjini / Foto: alamy.com

Öşa paytda uruşda mağlub bölgan Italiya iqtisodiyoti endi tiklanayotgan va mamlakat qişloq xöjaligini rivojlantiriş uçun köplab traktorlar kerak edi. Ana şunday vaziyatdan Lamborjini foydalanib qoladi va kompaniyasini ança rivojlantirib oladi. Lamborghini Trattori S.p.A. kompaniyasi kengayib, uning aylanma mablaği ortadi.