Har qanday mamlakatning taraqqiyoti ilm-fan va ta’limga qaratilgan e’tibor, yaratilgan şaroit va bu sohalarga ajratilayotgan sarmoyaga boğliq. Buni har sohada yuksak darajaga yetgan Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur singari davlatlar tajribasi ham körsatib turibdi. Bugungi kunda yurtimizda ta’lim, ilm-fan sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor zamirida ham ayni şu haqiqatlar turibdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida faoliyatini boşlagan vaqtidagi ilk uçraşuvi ham aynan ilm-fan sohasi vakillari bölmiş olimlar va akademiklar bilan bölganligini ham alohida qayd etib ötiş joiz.

Sönggi yillarda oliy ta’limga yoşlarni qamrab oliş miqdori bir neça barobarga oşirildi. Ta’limning sirtqi, keçki, masofaviy şakllari taşkil etildi.

Ta’limdagi islohotlarni birgina Surxondaryo misolida oladigan bölsak, beş yil oldin vohada bitta, ya’ni Termiz davlat universitetigina mavjud edi. Qabul kvotasining kamligi, bitta oliy öquv yurti ehtiyojni töla qamrab ololmasligi sababli köplab yoşlarimiz uzoq poytaxtga ilm oliş uçun ketişar edi. Voha ziyolilari, minglab ota-onalar Surxondaryoda ham boşqa oliy öquv yurtlari oçilişini orzu qilişar edi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi ölaroq qisqa muddatda bir qator OTMlar taşkil etildi. Ayni paytda vohada oltita oliy öquv yurti faoliyat körsatmoqda. Bölajak talabalarimiz, yoşlarimiz uçun bu katta imkoniyatdir.

Yana bir islohotlardan biri, professor-öqituvçilarga yaratilayotgan keng şaroitlardir. Ularning maoşi örtaça 3,5 barobarga oşirildi (3 million sömdan 10 million sömgaça). Qolaversa, ilmiy darajaga ega bölganlarning faoliyatiga qarab, qöşimça 30 va 60 foizgaça ustamalar beriş tartibining joriy qilinişini ham e’tirof etiş lozim.

Oliy ta’lim sohasidagi eng muhim islohotlardan biri bu şubhasiz, qabul jarayonlarining onlayn tarzda taşkil etilganligi. Test va ijodiy imtihonlar oliş tartibi yanada şaffoflaşdi. Öqişni köçiriş va tiklaş jarayonlari ham onlayn bölib ötmoqda. Bu ota-onalar, talabalar uçun qulay imkoniyatlarni yaratiş bilan birga, ortiqça sarf-xarajat, sarsongarçilik va qoğozbozlikdan xalos bölişni ta’minladi. Eng muhimi, bu jarayonlarda inson omili iştirok etmayapti. Abituriyent öz smartfonidan istalgan joyda turib arizasini topşira olyapti.

Prezidentimizning 2022 yil 15 iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini taşkil etiş töğrisida”gi qarorida 2022-2023 öquv yili uçun magistraturaga qabul hamda öqişni köçirişda yangi tartib joriy qilindi.

Unga köra,

– davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom balli örtaça körsatkiçi hamda xorijiy tilni biliş darajasi böyiça tegişli milliy yoki xalqaro sertifikat balli asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oşiriladi hamda qöşimça imtihon ötkazilmaydi;