Ulardan biri - Zangiota tumanida qurilgan “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlarini saqlaş va qayta işlaş yagona markazi.
“Raqamli Özbekiston - 2030” strategiyasi doirasida Özbekistonda ilk bor katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlaş va qayta işlaş markazi barpo etildi. Davlat rahbari bu yerda yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.
Markazda Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda 20 peta bayt xotiraga ega tizim taşkil etilgan. 580 ta server, umumiy elektr quvvati 5 megavattli dizel generatorlar tizim uzluksiz işlaşini ta’minlaydi. Binoni sovitiş, yonğin xavfsizligini ta’minlaş tarmoqlari barça talablarga javob beradi. Ma’lumotlar markazi xalqaro Uptime instituti tomonidan beriladigan TIER III sertifikatiga ega.
- Bu markaz raqamlaştirişning “yuragi”, “Elektron hukumat”ning zamini, - dedi prezident.
Bildirilişiça, markaz işga tuşişi natijasida davlat idoralarining ma’lumotlarni saqlaş va texnik qöllab-quvvatlaşga sarflaydigan xarajatlari tejaladi, aholi va tadbirkorlarga körsatilayotgan xizmatlar sifati yaxşilanadi, kiberhujumlardan işonçli himoya ta’minlanadi.











