Bu yil oliy ta’limda öqişni reja qilib, testga kirgan 1 mln 73 ming 821 nafar abituriyentning 550 ming nafari (51,2 foiz) ötiş ballining eng quyi çegarasi bölgan 56,7 ballni ham töplay olmadi.

Bu körsatkiç bugun ijtimoiy tarmoqlarda şu qadar köp muhokama qilinyapti, jamoatçilik hayratiga sabab bölyaptiki, oçiği, bu bizni biroz hayron qoldirdi.

Demak, şu paytgaça ta’limning haqiqiy ahvoli, uning “botgan botqoği” yo bölmasa, maktabda öqiyotgan, uni bitirayotgan öquvçilarning aksari hatto bir bet matnni töğri yozib beriş malakasiga ega bölmay çiqayotgani köpçilik uçun yangilik bölgan, şekilli.

Kun.uz muxbiri maktab ta’limiga oid mavzular yuzasidan Osiyo taraqqiyot banki loyiha rahbari, xususiy maktablar böyiça konsultant Bahodir Ğaniyev bilan suhbatlaşdi.

Ma’lumot uçun, Bahodir Ğaniyev 1998-1999 yillarda Buyuk Britaniyaning Lafboro universiteti magistraturasini tamomlagan. 2005-2006 yillarda AQŞning Yel universitetida malaka oşirgan.

U turli yillarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Markaziy kengaşi raisi, Prezident devonida Yoşlar işlari sektori mudiri va “Iste’dod” jamğarmasi raisi örinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Bahodir Ğaniyev bilan suhbatimiz Özbekistonda xalq ta’limini inqirozga eltgan sabablar, bunda öqituvçilar va direktorlar örni, test tizimidagi adolatsizliklar, kadrlar siyosati va “Kamolot”da keçgan yillar haqida bordi.

Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.

Intervyuni Ilyos Safarov ötkazdi.

Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.