Angliya: «MYu» Ronaldusiz ham uddaladi, Holand APLda het-triklar hisobini oçdi

Sauthempton – Mançester Yunayted 0:1
Gol: 0:1 – 55 Brunu Fernandeş.
Sauthempton – Bazunu, Uoker-Piters, Salisu, Bella-Koçap, Djyenepo, Elyunussi (Armstrong, 63), Uord-Prouz, Aribo, Lavia, Armstrong (Mara, 77), Adams.
Mançester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Martines, Malasia, Eriksen, Brunu Fernandeş, Maktomini, Reşford, Sanço (Ronaldu, 68), Elanga (Kazemiro, 80).
Ogohlantirişlar: Diogu Dalot (50), Maktomini (82).

APLda öyinlar kunini «MYu» oçib berdi va jamoaning yulduzli xaridi Kazemiro, sardor Maguayr hamda «Napoli» yoki «Sporting»ga ötişi aytilayotgan Kriştianu Ronaldu öyinni zaxira örindiğida boşladi. Boş murabbiy Erik ten Hag bu taktik qaror ekanini aytdi va bu qaror özini oqladi deyiş ham mumkin, debyutdayoq «Sauthempton» darvozaboni va himoyaçilari uçta aniq zarba yölini tösişdi.

Bu epizodlar birinçi bölimning eng yorqin lahzalari bölib qoldi, ammo şunda ham ijobiylik topiş mumkin. Gap şundaki, «qizil iblislar» fevral oyidan buyon ilk bor safar öyinida tanaffusgaça darvoza daxlsizligini saqlay olişdi. Yarim yil oldin ular Lidsdagi öyinda safar öyinlaridagi ğalabali seriyani davom ettirişgandi.

Öyinning ikkinçi bölimida Brunu Fernandeş hisobni oçdi va golni maydon taşqarisidagi Ronalduning oldiga çopib borib nişonladi. Krişning özi maydonga faqat 68-daqiqada çiqdi. Kazemironing premerasi esa 80-daqiqaga töğri keldi, asosiysi esa «MYu» qatorasiga ikkinçi öyinda ğolib böldi.

Liverpul – Bornmut 9:0
Gollar: 1:0 – 3 Dias, 2:0 – 6 Elliott, 3:0 – 28 Aleksander-Arnold, 4:0 – 31 Firmino, 5:0 – 45 van Deyk, 6:0 – 46, avtogol Mifem, 7:0 – 62 Firmino, 8:0 – 80 Karvalyu, 9:0 – 85 Dias.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Klark, 83), van Deyk, Gomes, Roberson (Tsimikas, 69), Xenderson (Bayçetiç, 70), Fabino, Elliott (Karvalyu, 46), Firmino (Milner, 69), Saloh, Dias.

«Liverpul» nihoyat ilk ğalabasiga erişdi, qizillar autsayder «Bornmut»ni yenga olmaganida ham ğalati bölgan bölardi, bu jamoa startda ğalaba qozongan bölsa-da, «Man Siti» va «Arsenal»ga qarşi keyingi ikki öyinda jami 0:7 hisobida yutqazgandi. «Enfild»da mehmonlarning dahşatli tuşi davom etdi, ötgan mavsumda jami törtta assist muallifi bölgan  Roberto Firmino bu öyinning ilk daqiqalaridayoq Elliotga APLda gollari sonini oçişga yordam berdi, 28-daqiqaga kelib assistlar böyiça het-trik qayd etdi, köp ötmay özi ham darvozani işğol etdi.