Milliy kelişuv hukumati soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, mamlakat poytaxtida boşlangan otişmalar çoğida kamida 23 kişi halok bölib, önlab kişilar jarohatlangan.
Janglar Milliy kelişuv hukumati rahbari Abdul Hamid Dbeybaga sodiq bölgan kuçlar va Liviya parlamenti tomonidan saylangan boş vazir Fathi Başaga tarafdorlari örtasida keçmoqda.
Reuters agentligi xabar berişiça, qurbonlar orasida tinç aholi vakillaridan 17 kişi bor, ularning biri taniqli komik Mustafo Baraka (suratda).
#Libya : Health official says that Mustafa Baraka - a young comedian known for social media videos - has been killed during the clashes between rival factions that broke out earlier today in #Tripoli #ليبيا pic.twitter.com/UXljGDEIRI
— sebastian usher (@sebusher) August 27, 2022
Bu sönggi ikki yillikdagi eng şiddatli janglar bölmoqda, öşanda bir neça oylik siyosiy qarama-qarşilik köça janglariga aylanib ketgandi, hozir ham töqnaşuv kölami yanada kengayişi mumkin.
Otişma va portlaşlar
2011 yili NATO davlatlari qöllab-quvvatlovi bilan Muammar Qazzofiy ağdarilganidan buyon Liviyada tinçlik örnatilmadi. Sönggi ikki yilda esa mamlakatda nisbatan tinç muhit hukm surdi.
Şanba kuni xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumat qurolli kuçlari Liviya parlamenti tomonidan boş vazirlikka saylangan Başagaga sodiq bölgan ayirmaçilar kolonnasini çekintiriş uçun öt oçdi.
Poytaxtning bir qator tumanlarida otişma va portlaşlar röy bergani aks etgan videolar tarqaldi. Şahar ustida qora tutun ustunlari kötarildi.

Harbiy harakatlar boşlangan tumanlar aholisi evakuatsiya qilingan. Favqulodda xizmatlar bir neça şifoxona şikastlanganini xabar qilgan.












