Turli-tuman parhezlar, oşqozonni qisqartiriş, ozdiruvçi dorilar, yoğlarni sördiriş… Bunday ozdiruvçi usullar Özbekistonda ham ommalaşib ulgurdi. Xöş, ular qançalik samarali va xavfsiz? Biz bu borada jarrohlar, diyetolog va ruhşunos fikri bilan qiziqdik.
Transport paydo bölib, köp yurişga hojat qolmagani, odamlar kiçik kvartiralarda yaşab, kam harakat qilayotgani, apil-tapil notöğri ovqatlanişlar dunyoda semizlar sonini keskin oşirib yubordi.
JSST ma’lumotiga köra, 2030 yilda Yer yuzining 45 foiz aholisi semirib ketişi mumkin. Eng yomoni aynan semizlar koronavirusni juda oğir boşdan ötkazdi.
Ideal vazn qança?
Diyetolog Mavjuda Zohidovaning aytişiça, yoşi katta erkaklarda bel aylanasi 90-94 santimetrdan yuqori bölsa, bu ortiqça vazn hisoblanadi. Ayollarda esa bu körsatkiç 80 santimetrdan yuqori raqamlarga töğri keladi.
“Bundan taşqari, – deydi diyetolog, – tana ortiqça vaznni sezişni boşlaydi. Masalan, zinadan kötarilganingizda harsillaş boşlanadi. Yotgingiz kelaveradi, dangasalik holatiga tuşib, oğir bölib qolasiz”.
Parhez yoki soğlom ovqatlaniş
Semizlikning asosiy sababi notöğri ovqatlaniş ekani haqida köp gapiriladi. Notöğri ovqatlaniş deganda aynan nimani tuşuniş kerak?
Mavjuda Zohidovaga köra, ratsionda uglevod, trans yoğlarni köproq kirgiziş – notöğri ovqatlaniş belgilaridan. Dunyoni qamrab olgan qaramliklardan biri uglevodga, birinçi örinda şakarga bölgan qaramlik, oliy navli undan tayyorlangan xamir mahsulotlari, tarkibida xamirturuş köp bölgan buloçka, pirojniklar – hammasi nosoğlom ovqatlanişdir. Mol va çarvi yoğlari 36,6 darajada tanadan çiqib ketmasligi hisobiga, tanada yiğilib qolaveradi.
Semirişning psixologik sabablari
Notöğri ovqatlaniş va kamharakat turmuş tarzidan taşqari, ortiqça vaznga psixologik holat ham sabab böladi. Psixolog Şahnoza Xalilovaning tuşuntirişiça, oğizga nimanidir solib turişga ehtiyoj ham vazn ortişiga olib keladi.
Mavzuga oid
“Odamlarda oğizga nimanidir tiqib turiş xohişi böladi. Bu xohiş oğriqni va agressiyani bosib turiş uçun paydo böladi. Agressiya aynan tişlarga berilib, nimanidir tişlab yeb taşlaş xohişi tuğiladi”, – deydi psixolog.
Oşqozonni kiçraytiriş: Faqat kasallik olib keladigan semizlikdagina tavsiya etiladi
Oxirgi yillarda oşqozon qisqartiriş amaliyoti ommalaşib boryapti. Bu operatsiya 16-60 yoş oraliğidagi kişilarda ötkaziladi. Operatsiya samarasi va xavf darajasi haqida bariatrik-metabolik jarroh Jumayev Nozim gapirib berdi.
Nozim Jumayev, bariatrik-metabolik jarroh
“Bu amaliyotni bemorda marbid semizlik, ya’ni kasallik olib keluvçi semizlik aniqlangandagina ötkazişga körsatma beriladi. Oşqozon kiçraytiriş operatsiyasidan keyin neça kilo oziş bu individual ravişda böladi. Masalan, kimdadir 30 kilogramm ortiqça vazn bor, kimdadir 80-100 kilogramm ortiqça vazn bor. Har bir odamning ideal tana vazni hisoblanadi. Masalan, 120 kiloli bemorning ideal tana vazni 85 kilogramm bölişi mumkin. Operatsiyadan keyin bemor 1–1,5 yil davomida ana şu 35 kilolik farqdan foriğ bölişi kerak.
Amaliyotdan oldin bemorning qandli diabetga moyilligi, boşqa yondoş kasalliklari, gipertoniya, böğimlar artrozi, polikistoz kabi semizlikka boğliq kasalliklari örganiladi. Surunkali yurak kasalligi, buyrak yetişmovçiligi yoki jigar, ösma kasalliklari bölsa, operatsiya qiliş mumkin emas”, – deydi jarroh.
Yoğlarni sördirib taşlaş: Operatsiyadan keyin bemor yana semirib ketişi mumkin
Ortiqça vazndan qutulişning zamonaviy usullaridan yana biri – yoğlarni tanadan olib taşlaş. Plastik jarroh Mirşod Atullayevning sözlariga köra, bu amaliyotdan keyin bemor qayta semirmasligi kafolatlanmagan. Semirmaslik operatsiyadan keyingi ovqatlaniş jarayoniga boğliq böladi.
Mirşod Ataullayev, plastik jarroh
“Yoğ oliş jarayoni – liposaksiya, kiçik teşikça orqali kanyulya deb nomlangan moslama orqali tanaga kirib, yoğlar sörib taşlaş jarayoni hisoblanadi. Teri ostida yoğ qavati, pastida muskul böladi va belgilangan nuqtalardan yoğ olinadi. Yoğ qavati har kimda har xil böladi. Ayrimlarda qalinroq, boşqalarda yupqaroq. Şu yoğ qavati olib taşlangandan keyin yoğ qavati borib, muskulga yopişişi kerak. Buning uçun özining maxsus korsetini 1 oygaça taqib yuriş kerak. Bir kişidan 12 litrgaça yoğ oliş mumkin.
Bu amaliyot asosan 35-50 yoşdagi bemorlarda ötkaziladi. Çunki ularda yoğ yiğilişi, tuğuruqdan keyingi osiliş jarayonlari köproq kuzatiladi. 12 litr yoğ olgandan keyin ham yoğ qolsa, yana 6 oydan keyin 2-bosqiç operatsiyani amalga oşiriş mumkin. Çunki 12 litr yoğ oliş 5-6 soat vaqtni oladi. Operatsiya muddati qança çözilsa, organizm uçun xavf ham oşadi.
Operatsiya bu semirmaslikni anglatmaydi, undan keyin tanada yoğ yiğilişi mumkin, lekin oldingi darajada emas. Şuning uçun bemor diyetolog nazoratida bölişi şart”, – deydi Mirşod Ataullayev.
“Kesilgan joyda organizmning bir butunligi yöqoladi”
Şahnoza Xalilova, psixolog
Şahnoza Xalilova ozdiruvçi jarrohlik amaliyotlarini bajariş istagi toqatsizlikdan kelib çiqişini aytadi. Ular oziş uçun qilgan harakatlarini befoyda deyişadi, lekin har doim ham unday emas: köpinça oziş harakatidagi odam sekinlik bilan erişayotgan natijalaridan qoniqmaydi va tezda natijaga erişişni istab, jarrohga boradi.
“Ozdiruvçi jarrohlik amaliyotining zararsiz degan reklamalari ham bunga sabab böladi. Buning eng yomon zarari – jismoniy. Ruhiy zarari keyin böladi. Jismoniy jarohat ruhiyatga töğridan töğri ta’sir qiladi. Kesilgan joyda organizm nerv tolalarini yöqotadi, ya’ni organizm bir butunligini yöqotadi, öşa joyning özida energiya almaşinuvi ham yöqoladi.
Jarrohlik amaliyotlari öşa odamning hayoti jiddiy xavf ostida qolgandagina qilinişi kerak”, – deydi ruhşunos.
“Kovidda ölim körsatkiçlarining 30-40 foizi oğir vazndagi bemorlarga töğri kelgan”
Şu paytgaça önlab tadqiqotlar semiz bemorlarning virus bilan kuraşişi normal vaznlilarga qaraganda qiyinroq keçganini isbotladi. Genentech biotexnologiya markazi tadqiqotiga köra, kovid bilan kasallangan Amerikadagi ixtiyoriy 17 ming bemorning 77 foizi semizlik va ortiqça vazndan aziyat çekkani aniqlangan.
Özbekistonda-çi, virus yuqtirgan semiz bemorlarning ahvoli qanday keçdi?
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar şifoxonasi şifokori Hilola Alimova Özbekistonda pandemiyaning boşidan beri kovid bemorlari bilan işlaydi. Uning aytişiça, eng oğir kategoriya kasallar ortiqça vazni borlar bölgan. Semizlik 3-darajada bölgan bemorlarning reanimatsiyaga tuşiş xavfi yuqori. Ölim körsatkiçlarining 30-40 foizi oğir vazndagi bemorlarga töğri kelgan.
“Masalan, bemor kelganda katalkadan koykaga ötkazişda 3-4 kişining yordami kerak böladi. Şuning özida xavf tuğiladi. Oğir vazni bor, qorni katta bemorlarning hattoki qorinda yotib nafas olişi ham qiyin böladi. Ularda qorin içki a’zolari va öpkaning örtasidagi a’zo – diafragma kötarilgan holatda böladi. Bu – ularning soğ paytida ham öpkasi yaxşi harakatlanişini çegaralaydi. Kovid bilan kasallanganda esa köproq bilinadi.
Yana bir jihati oğir vaznlilarning 80-90 foizida qandli diabet böladi. Kovidga qarşi qöllanadigan ayrim preparatlar esa qandli diabetni rivojlantirişi mumkin”, – deydi şifokor.
Yaşirin şakar
Yoğli, şakari bor mahsulotlar ortiqça vaznga olib kelişini köpçilik biladi. Şuning uçun mahsulot xarid qilayotganda uning qadoğini obdan örganamiz. Ammo ba’zan qadoqlar ham aldaydi. Ba’zi işlab çiqaruvçilar mahsulotlariga qöşiladigan ingrediyentlar miqdorini kamaytirib körsatişga harakat qiladi. Ilmiy tilda şakarning 56 xil nomlanişi bor, işlab çiqaruvçilar xaridorni çalğitiş, şakar miqdori kamdek körinişi uçun şakarning turli nomlaridan foydalanadi. Natijada mahsulot nisbatan soğlomdek taassurot qoldiradi.
Masalan, mahsulotda Agave syrup, Arabinose, Barbados sugar, Barley malt syrup, Beyet sugar, Brovn sugar, Fruit juice kabi nomlar yozilgan bölsa, buni har xil ingrediyent deb öylamang. Bu siz va biz bilgan şakarning aynan özi. Şunçaki, işlab çiqaruvçi mahsulotda köp miqdorda şakar borligini yaşiriş uçun şakarning turli nomlaridan foydalangan.
Semirişning oldini oliş uçun layfhak
Diyetolog Mavjuda Zohidova semirişning oldini oliş uçun tajribadan ötgan, bir neçta usulni tavsiya qildi.
— Supermarket va bozorlarga röyxat bilan, töq qorinda boriş kerak. Çunki oç qoringa keraksiz mahsulotlarni xarid qiliş mumkin.
— 5 mahal kam-kamdan ovqat yeyilsa, bu qondagi qand miqdorini me’yorda uşlab turişga yordam beradi. Şu orqali oçlik hissini ham nazoratda uşlab turiş mumkin.
— Ortiqça vaznli insonlarga taomlanayotganda kiçkina qoşiqda ovqat iste’mol qilişlari tavsiya etiladi.
— Ovqatni iste’mol qilib bölgaç ham oçlik hissi sezilsa, dasturxon boşidan turib ketiş kerak. 15-20 daqiqadan keyin töqlik hissi keladi.