Oliy ta’lim vazirligi xabariga köra, buning uçun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda şartnomani yuklab oliş talab etiladi.

Belgilangan ötiş balini töplay olmagan, ammo tabaqalaştirilgan tölov-şartnoma asosida öqiş istagini bildirgan talabgorlar uçun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza beriş va şartnomani onlayn rasmiylaştirişga yangi öquv yili birinçi kunidan boşlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza beriş hamda şartnomani rasmiylaştiriş jarayonlarini masofaviy amalga oşiriş tartibi va muddatlari böyiça batafsil ma’lumot beriladi.

2022 yil 5 sentabrdan boşlab barça bosqiç talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) tölov-şartnomani onlayn yuklab, tölovni amalga oşirişi mumkin.