Internetda tarqalgan videoda marhumning ukasi ekanini aytgan video muallifi poççasi opasining jasadini ikki kundan buyon maşinasida olib yurganini aytgan. Videoda Toşkent şahriga tegişli davlat raqam belgisi taqilgan Toyoto Prado maşinasi yukxonasida mato bilan öralgan odamning jasadiga öxşaş narsa körinadi. Voqeaning boşqa tafsilotlari ma’lum qilinmaydi.
Boş prokuratura matbuot xizmati bu voqea ikki yarim oy avval – 2022 yilning 10 iyun kuni sodir bölgani, Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvçi 35 yoşli D.K. (ayol) çap tuxumdon kistasi yorilişi natijasida içki qon ketişidan vafot etganini ma’lum qilgan. Qayd etilişiça, ekspertiza tekşiruvi jarayonida marhumning badanida tan jarohatlari aniqlanmagan.
Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekşiriş ötkazilib, Yakkasaroy tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilingan. Tuman prokuraturasining uşbu qarori barvaqt qabul qilingani sabab joriy yilning avgust oyi boşida bekor qilinib, ayni paytda qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ayni jarayonda ölimga sabab bölgan holatlarga yanada aniqlik kiritiş uçun sudga oid komissiyaviy ekspertiza tayinlangan. Ta’kidlanişiça, ekspertiza xulosasidan kelib çiqib, qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi.
Boş prokuratura matbuot xizmati marhumaning jasadi «ikki kun mobaynida maşinada saqlab yurilgani» ehtimolini juda past deya baholagan. Çunki jazirama issiqda inson jasadi ikki kunlab maşina salonida olib yurilişi (yoki saqlanişi) soğlom tasavvurga töğri kelmaydi. Dastlabki xulosalarga köra, ijtimoiy tarmoqlarda aks etgan lavha marhumning jasadi ekspertizadan söng yaşaş xonadoniga olib kelgan vaqtda tasvirga olingan.
Bundan körinadiki, ijtimoiy tarmoqlarda holat juda börttirib yuborilmoqda. Boş prokuratura tomonidan nazoratga olingan uşbu holat böyiça qöşimça tergovga qadar tekşiruv işlari davom etmoqda.
Özbekiston Boş prokurorining matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov Telegram-kanalida ayni paytda holatni aniqlaştiriş yuzasidan iş olib borilayotgani, natijasi haqida xabar berilişini ma’lum qilgan.












