Naşrga bir neça holatlar yoqmayapti:

  •  «PSJ» prezidenti Çempionlar Ligasi 1/8 finalida «Real»dan nokautga uçraganidan keyin hakamlar xonasiga kirişga uringani uçun jazolanmadi. «Bernabeu»dagi öyindan söng Nosir va sobiq sport direktori Leonardo hakam Danni Makkeli bilan orani oçiq qilişga urinişgan edi. UYeFA faqat Leonardoni jazoladi.
  • AQŞ futbol federatsiyasining sobiq rahbari, Çeferinning yaqin dösti Sunil Gulati yangi moliyaviy feyr-pley (MFP) qoidalarini amalga kiritiş uçun mas’uldir. «Barselona» prezidenti Joan Laporta uşbu qoidalar bilan «PSJ» kabi yirik homiylarga ega klublar yanada köproq pul sarflaşi mumkinligidan ğazablanmoqda.
  •  «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xilayfiy hozirda Yevropa klublari assotsiatsiyasiga rahbarlik qilyapti. Şuningdek, UYeFA ijro qömitasi a’zosi. Bundan taşqari, sayyoradagi deyarli eng yirik telekompaniya - beIN Spors direktorlar kengaşi raisi bölib işlayapti. Lavozimlar sonining bunçalik köpligi manfaatlar töqnaşuvini keltirib çiqarmoqda. Lekin UYeFA bundan xavotirlanmayapti.

Har bir bandni batafsil körib çiqamiz.

Nosir hakamga taşlandi va hatto bayroqçani sindirdi

Movistar muxbiri Monika Marçante sözlariga köra, Çempionlar Ligasi 2021/22 mavsumining 1/8 finalidan örin olgan «Real»ga (1:3) qarşi öyindan keyin Al-Xilayfiy tezda tribuna ostidagi binoga tuşib, baqir-çaqir qilgan va yölida uçragan narsalarga zarba bergan. U sobiq sport direktori Leonardo bilan birga hakamlar xonasini izlagan va Makkeli bilan orani oçiq qilişga uringan. 

Nosirning ğazabiga «Real»ning birinçi goli bilan boğliq vaziyat sabab bölgan – Karim Benzemaning bosimi ostida darvozabon Donnarumma ahmoqona xatoga yöl qöygan edi. Parijliklar xöjayini bunda Benzema öyin qoidasini buzgan, hakam esa golni inobatga olmasligi kerak degan fikrda bölgan.

Öşa vaqtda «PSJ» boş murabbiyi bölgan Maurisio Poçettino: «Qanday şarmandalik! Fol bor edi. Bunday qöpol xato haqida jim turib bölmaydi. 2022 yilda bunday holat bölişi mumkin emas», degan edi.

Marca naşrining yozişiça, «PSJ» prezidenti dastlab hakamni topa olmagan va tasodifan «Real» delegati Megia Davila xonasiga kirgan. Şundan söng Al-Xilayfiy hakam xonasini topgan. Boş hakam undan çiqib ketişni söraganida, prezident yordamçi hakamning bayroğini sindirgan. Vaziyatni suratga olayotgan «Real» xodimiga esa hissiyotlarga berilgan holda «ölim» bilan tahdid qilgan.