Angliya janubi-ğarbida qurğoqçilik e’lon qilindi. Bu haqda Britaniya atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi xabar berdi.

«Butun Angliya janubi-ğarbi qariyb 90 yil içidagi eng quruq ob-havo şaroitiga duç keldi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Bristol, Somerset, Dorset, Glosterşir va Uilşir grafliklarida qurğoqçilik e’lon qilingan.

Avvalroq Britaniya atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi rahbari Jyeyms Bivan aholini suvni tejab işlatişga çaqirgandi. 

Yevropa qurğoqçilik observatoriyasining avgust oyidagi hisobotida keltirilişiça, Yevropaning 47 foizida tuproq namligi tanqisligi, 17 foizi favqulodda holatda turibdi va bu ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir körsatmoqda. Holat – oxirgi 500 yillikdagi eng yomon qurğoqçilik deb baholandi.