2022 yil 1 iyuldan boşlab, oçiq e’lon qilinişi kerak bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar röyxatiga kiritilgan axborotlarni davlat organlari va taşkilotlari sayti boş sahifasida alohida bölimga joylaştirilişi tartibi belgilangan.
Biroq, 2022 yil 18 iyul holatiga köra, 121 ta davlat organi va taşkiloti 37 tasi alohida bölimni sayt boş sahifasida taşkil etmagani, 15 tasida alohida bölim umuman taşkil etilmagani qayd etildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni öz saytida töliq e’lon qilinişida bir qator jiddiy kamçiliklarga yöl qöyilayotgani aytib ötildi.
Seminarda davlat organlari va taşkilotlari oçiqlik böyiça amalga oşirilayotgan işlar samaradorligi va natijadorligini baholaşga qaratilgan Oçiqlik indeksi tizimi joriy etilgani haqida ma’lumot berildi.
Oçiqlik indeksi “0” balldan “100” ballgaça baholanib, davlat organlari va taşkilotlari faoliyati samaradorligi “yaşil”, “sariq”, “qizil” toifalarga ajratiladi.
Mutaxassis va ekspertlaridan iborat tarkibda oçiqlikni ta’minlaş sohasida işlar samaradorligi va natijadorligini baholaş komissiyasi faoliyati yölga qöyildi. Komissiya davlat organlari va taşkilotlari oçiqlik indeksini baholaş natijalarini körib çiqadigan hamda oçiqlik indeksini hisoblaş haqida yakuniy qaror qabul qiladigan, muvofiqlaştiruvçi organ hisoblanadi.












