Abituriyentlarning imtiyozlariga oid ma’lumotlar elektron bazaga kiritilgani sabab 2022 yilda bakalavriatga qabul natijalari öz vaqtida e’lon qilingan. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

“Mandat hamma uçun bir vaqtda tayyorlanadi. Abituriyentlar 3-5 ta yönalişni tanlaydi, şuni hisobga olib, mandat javoblarini bir vaqtga qilmasak bölmaydi.

Bundan taşqari, bizda turli taşkilot, idoralar beradigan 40 dan ortiq imtiyozlar bor. Hammasi tugaganidan keyin, mana şu imtiyozlarning barçasini körib çiqiş kerak. Ming afsuski, oldingi yillarda bularning köpi elektron raqamlaştirilmagan edi. Mana hozir ham bu iş oxiriga yetkazilmagan. Agar imtiyozlarning hammasi elektronlaştirilib, bazada şakllantirilsa, bizda muammo bölmaydi.

Ammo bazasi yakunlanmay, kimdir qolib ketgan bölsa, tartibi bölmasa, köp körsatkiçlar kiritilmagan bölsa, bu holda muammo böladi. Muammoning oxiriga yetmagunça, mandatni qilib bölmaydi. Bitta odam kelib, qolib ketgani borasida DTMga şikoyat qilsa ham, biz mandatni qayta körib çiqişimizga töğri keladi. Şuning uçun imtiyoz beradigan taşkilotlar bilan qayta-qayta işlaymiz, bunga esa juda köp vaqt ketyapti”, – dedi Karimov 30 avgust kungi matbuot anjumanida.

Uning qöşimça qilişiça, bu yil imtiyozlar masalasida texnik muammolar bölmagani uçun ham mandat vaqtida e’lon qilingan.

Imtihon uçun pul tölagan, lekin testda qatnaşmaganlarga puli qaytarilmaydi

Sardor Rajabov / Foto: AOKA

DTM direktori örinbosari Sardor Rajabovning aytişiça, bu yil bakalavriatga kiriş imtihonlari uçun röyxatdan ötgan abituriyentlardan 72 mingdan ortiği imtihonlarda qatnaşmagan. Ularning puli qaytarib berilişi belgilanmagan.

Rajabovga köra, maktabni avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlardan yiğilgan imtihon tölovlari summasi 80 mlrd sömga yaqin bölgan (ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar tölovdan ozod etilgan). Bu mablağ doirasida:

  • abituriyentlar uçun boş kiyim (kepka) sotib olingan (10 mlrd söm ortiq);
  • nazoratçi xodimlarga tölov qilingan (kuniga 303 ming sömdan, jami 10 mlrd sömdan ortiq);
  • joylarda kameralar örnatilgan;