Iroqda 29 avgust, duşanba kuni radikal şialar voizi Muqtada as-Sadr tarafdorlari Bağdodda hukumat idoralari va diplomatik idoralar missiyalari joylaşgan, qattiq qöriqlanadigan «yaşil hudud»ga bostirib kirişga urinişlari oqibatida kamida 15 kişi halok böldi, 270 ga yaqin kişi jarohatlandi. Bunday ma’lumotlar AFP agentligi va Al Arabiya telekanali tomonidan taqdim etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, as-Sadr tarafdorlari va qarşi şialar guruhi vakillari örtasida otişma bölgan. Harbiylar közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan, keyin esa butun mamlakat böylab komendantlik soati joriy qilingan. Şuningdek, as-Sadr tarafdorlarining norozilik namoyişlari Iroqning boşqa şaharlariga ham yoyilgani xabar qilingan.
Avvalroq al-Sadr özining Twitter mikroblogi orqali siyosatdan yakuniy tarzda ketişini e’lon qilib, uning ismi yoki oilasi bilan boğliq deyarli barça muassasalar yopilişini ta’kidlagan edi.
Birlaşgan millatlar taşkiloti boş kotibi Antoniu Guterriş tomonlarni xotirjamlik, vazminlik va keskinlikni zudlik bilan yumşatişga çaqirdi hamda zöravonlikka yöl qöymaslik töğrisida ogohlantirdi. Birlaşgan millatlar taşkiloti boş kotibi inqirozdan konstruktiv çiqiş yölida «ixtiloflardan ustun turiş, keçiktirmasdan tinç va keng qamrovli muloqotga ötiş» zarurligini ta’kidladi.
Birlaşgan millatlar taşkilotining Iroqqa yordam körsatiş missiyasi (UNAMI) namoyişçilarni hukumat qarorgohini zudlik bilan tark etişga çaqirdi va bu «öta xavfli kuçayiş» ekanligini ma’lum qildi. «Davlatning omon qolişi xavf ostida», - deya BMT missiyasi bayonotidan iqtibos keltirgan AFP.
Eron davlat axborot agentligi INA va davlat televideniyesiga köra, ayni paytda as-Sadr zöravonliklar töxtamagunça oçlik e’lon qilgan. Voizning idorasi bu ma’lumotni hali tasdiqlagani yöq.
Iroqdagi siyosiy inqiroz as-Sadr partiyasi 2021 yil oktyabr oyida bölib ötgan saylovlarda ğalaba qozongan, biroq hukumat tuza olmagani va şialar yetakçisi öz deputatlarini parlamentdan olib çiqqanidan söng bir yilga yaqin davom etmoqda. Qariyb bir yil davomida Iroq prezident va boş vazirsiz qolmoqda.
2022 yil iyul oyida al-Sadr tarafdorlari yangi saylovlar ötkaziş talabi bilan parlament binosini egallab olişi ortidan inqiroz avj oldi. Hokimiyat uçun kuraşda al-Sadr harakati sobiq hukumat rahbari Nuri al-Malikiy atrofidagi siyosiy raqiblariga hukumatni şakllantirişga tösqinlik qilmoqçi.












