Litvada Belarus bilan çegarada devor qurilişi muddatidan oldin yakunlandi, bu işni bajargan EPSO-G kompaniyasi tomonidan 29 avgust, duşanba kuni ma’lum qilindi. Şu kuni Litva hukumati rahbari Ingrida Şimonite quriliş işlari yakunlanganini bildirdi.
Uning sözlariga köra, hujjatlar bilan işlaş hali ham davom etmoqda va loyihani rasman tugatiş uçun maxsus komissiya yiğilişi ötkazilişi kerak. Şu bilan birga, quriliş işlari töliq yakunlandi, ayrim kamçiliklarni bartaraf etişdan taşqari, deya ta’kidlab ötdi Şimonite.
BNS xabariga köra, inşoot 550 kmga çözilgan hamda Litva va Belarus hududlarini quruqlik çegarasi böylab ajratib turadigan, tikanli simli beş metrli beton panjaradan iborat. Ikki davlat örtasidagi umumiy çegara 679 km bölib, şundan 100 kmga yaqini daryo va köllardir.
Devor qurilişi 2021 yil oktyabr oyida boşlangani haqida xabar berilgan edi, u 2022 yil sentabriga qadar yakunlanişi kutilgan. Çegara himoyasi videokuzatuv orqali kuçaytirilişi kerak edi. Loyiha işga tuşirilganda uning qiymati 152 million yevroga baholangan. Litva hukumati rasmiy Minsk qözğatgan migratsiya inqirozidan söng Belarus bilan çegarada devor qurişga qaror qildi.
Öz navbatida, Polşa joriy yilning iyul oyida Belarus bilan çegarada devor qurilişini yakunladi – inşootning uzunligi 186 kmni taşkil etdi, bu - qöşma çegara uzunligining yarmidan biroz kamroq. Tösiq konstruksiyasining balandligi 5,5 metrni taşkil qiladi. Uning qurilişiga qariyb 350 million yevro sarflangan.
2021 yilda Polşa va Yevropa ittifoqi boşqa davlatlari hukumatlari Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoni inqirozli hududlardan qoçqinlarni YeI taşqi çegarasiga yetkazişni taşkil qilişda aybladi. «Bu Ukraina bilan uruşga tayyorgarlik edi», dedi Polşa içki işlar vaziri Mariuş Kaminski 2022 yil iyun oyida.












