Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi 1 sentabrdan Fransiyaning Engie energetika konserniga tabiiy gaz yetkazib berişni töxtatadi. 30 avgust, seşanba kuni keçqurun «Gazprom eksport» MÇJ amaldagi şartnomalar böyiça iyul oyida fransuz tomoniga yetkazib berilgan xomaşyo uçun töliq tölovlarni olmagan, deya tuşuntirdi Rossiya kompaniyasi. «Gazprom»ning qarori «yetkazib berilgan gaz uçun mablağlar töliq olinmagunça» kuçda qoladi, deb ta’kidladi Rossiya tomoni.

Ayni paytda Fransiya rasmiylari Rossiyadan gaz yetkazib beriş kamayganini keskin tanqid qildi. Rossiya gazdan qurol sifatida foydalanayotgani aniq, dedi Fransiya energetika vaziri Anes Pane-Ryunaşe 30 avgust kuni Inter Radio radiosiga. Uning sözlariga köra, Fransiya eng yomon ssenariyga — qişgaça Rossiya gazini yetkazib berişni töliq töxtatişga tayyorlanmoqda. Avvalroq, öşa kuni Engie vakillari «Gazprom»ning «şartnomalar böyiça kelişmovçiliklar» tufayli gaz ta’minotini qisqartirişi kutilayotganini aytgandi. 

Energetika vazirligi rahbari Fransiyadagi gaz omborlari 90 foizdan ortiq tölganini, mamlakatdagi gaz zaxiralari esa «oddiy» qişdan omon çiqiş uçun yetarli ekanligini qöşimça qildi. Uning sözlariga köra, mamlakat uçun odatiy bölmagan sovuq ob-havo şaroitida elektr energiyasi va gaz iste’molini kamaytiriş kerak. Fransiya boş vaziri Elizabet Borne duşanba kuni kompaniyalarni oktyabrgaça energiyani tejaş rejalarini tayyorlaşga çaqirib, tanqislik yuzaga kelganda birinçi bölib sanoat korxonalari zarar körişini ta’kidladi, çunki rasmiylarning gaz va elektr energiyasini taqsimlaşdan boşqa çorasi qolmaydi.

Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli harbiy agressiyasi boşlanganidan beri Fransiyaning Engie kompaniyasiga Rossiya gazi yetkazib beriş keskin kamaydi. Bir kun avval kompaniya Jazoirning Sonatrach şirkati bilan Fransiyaga energiya taşuvçilar yetkazib beriş hajmini oşiriş böyiça muzokaralar olib borilgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Uruşdan oldin Fransiya mamlakatda iste’mol qilinadigan tabiiy gazning qariyb 17 foizini Rossiyadan sotib olgan.