Endilikda yerdan ixtiyoriy voz keçiş mulkdor notarial tasdiqlanadigan arizasiga asosan amalga oşiriladi. Buning uçun hokim qarorini qabul qiliş talab etilmaydi.

Yuridik şaxs tugatilganda uning qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkasiga bölgan huquqlari bekor qilinmaydi va yer davlat zaxirasiga qaytarib olinmaydi. Mazkur yerlar tugatilayotgan yuridik şaxs muassislariga ötadi.

Endilikda mulkdor yoki uning vakili öz mulkini har qanday tajovuzdan huquqni buzişga mutanosib ravişda va huquq buzilişi oldini oliş uçun zarur harakatlar doirasida mustaqil himoya qiliş huquqiga ega böladi.

Turar joyga nisbatan mulkdor bilan qarindoşlik aloqalariga ega bölmagan şaxslarni uşbu turar joydan doimiy röyxatdan çiqariş uçun ular roziligini oliş talab etilmaydi.