Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabariga köra, Özbekiston hukumati va Birlaşgan Arab Amirliklari hukumati örtasida havo qatnovi töğrisidagi bitim asosida 30 avgustda “Özaviatsiya” agentligi tomonidan Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasiga Özbekistonga Abu Dabi – Toşkent –Abu Dabi yönalişida muntazam aviaqatnovlarni amalga oşiriş huquqini beruvçi ekspluatatsion ruxsatnomasi berildi.

Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi Özbekistonga muntazam aviaqatnovlarni Airbus 321 havo kemalarida amalga oşirişni rejalaştirmoqda.

Ma’lumot uçun, Wizz Air Abu Dhabi – Abu Dabi xalqaro aeroportida joylaşgan kam budjetli aviakompaniya, Birlaşgan Arab Amirliklari ADQ davlat investitsiya kompaniyasi hamda Wizz Air Holdings xalqaro holding tomonidan taşkil etilgan qöşma korxona.