Kun.uz bundan bir neça oy avval Wizz Air’ni diskriminatsiyada ayblagan yurtdoşimiz Suhrob Ubaydullayev bilan suhbat e’lon qilgandi. Gitarasi sindirilgani uçun qöşiq kuylab, United Airlines aviakompaniyasini şarmanda qilgan kanadalik qöşiqçi Deyv Kerroll ham yaqinda Suhrob bilan klip e’lon qildi. Ma’lum bölişiça, Wizz Air aloqaga çiqib, 120 ming yevro kompensatsiya taklifini bergan, biroq yigit buni rad etgan.
Bundan 2 yil avval Rimdan Abu-Dabi orqali Samarqandga çipta olgan Suhrob heç qanday tuşuntiriş va sabablarsiz samolyotga çiqarilmagan. Voqea tafsilotlarini u Kun.uz bilan suhbatda batafsil aytib bergan edi.
Gitarasini sindirgani uçun qöşiq aytib, butun dunyoga United Airlines kompaniyasini şarmanda qilgan kanadalik san’atkor Deyv Kerroll ham yaqinda Suhrob uçragan voqeaga atab qöşiq kuyladi.
Ma’lum bölişiça, aynan şu klipni suratga olişda 100 dan ortiq odam qatnaşgan. Suhrob özbekistonlik bölgani uçun Kanada bilan uni boğlovçi nuqta kerak edi. Qöşiqçi Kerroll esa klip sahnalaridan birini stadionda olib, bu bilan Özbekistonning jahon çempionatiga çiqqan jamoasini eslatmoqçi bölgan. Suhrob qöşiqçi bilan uçraşiş uçun 40 kun harakat qilgan, ikki marta Kanadaga borib kelgan.
“Deyv Kerroll Wizz Air aviakompaniyasi rostdanam bu yurtdoşimizga nisbatan diskriminatsiya qilgan-qilmaganini yuristlari bilan tekşirdi. Qöşiqçi mendan heç nimani yaşirmasligimni, boriça aytişimni söradi. Avvaliga işonmadi, tekşirib çiqqaç, yordam berişga qaror qildi”, - deydi Suhrob Ubaydullayev.
U Kanadaga borişidan avval britaniyalik advokatlarga murojaat qiladi. Öşanda Wizz Air aviakompaniyasi bölayotgan qoğozbozliklardan xabar topib, aloqaga çiqadi. Yigitdan qaytib şikoyat qilmaslikni, jim yurişini sörab, evaziga jami 120 ming yevro taklif qiladi.
“Londonda ekanimda menga qönğiroq qilişdi. 120 ming yevro berişlari, evaziga esa heç qanday uzr söramasdan, bundan buyoğiga kompaniya haqida gapirib çiqmasligimni söraşdi. Men ustozlarim bilan maslahat qildim va buni rad etdim”












