“Sudga murojaat qilişni yanada erkinlaştiriş munosabati bilan Iqtisodiy protsessual kodeks va Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksga özgartiş kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasi bilan Iqtisodiy protsessual kodeksga va Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksga quyidagi özgartirişlarni kiritiş nazarda tutilmoqda:

  • iqtisodiy sud işlarini yuritişda apellyatsiya şikoyatini (protestini) beriş ötkazib yuborilgan muddati, şikoyat (protest) bergan şaxs iltimosnomasi böyiça apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran keçiktirmasdan berilişi belgilangan ikki oylik muddatni olti oyga uzaytiriş;
  • ma’muriy organ, fuqarolar özini özi boşqariş organi, ular mansabdor şaxslari qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan sudga şikoyat qiliş uç oylik muddatini olti oyga uzaytiriş.

Bildirilişiça, taklif etilayotgan özgartiş va qöşimçalar:

  • fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari sud orqali samarali himoya etilişini ta’minlaşga;
  • turli sabablarga köra vaqtida şikoyat qila olmagan taraflar sud qarori ustidan şikoyat qiliş imkoniyatini kengaytirişga;
  • fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlari odil sudlovga erişiş darajasini, aholi sudlarga bölgan işonçini yanada oşirişga xizmat qiladi.