1 sentabr, payşanba kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga xabar berişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin SSSR birinçi prezidenti Mixail Gorbaçyovning dafn marosimida «iş jadvali» tufayli qatnaşmaydi.

Peskovning aytişiça, Putin Kaliningradga uçişdan oldin Markaziy klinik şifoxonaga borgan va u yerda Gorbaçyov tobutiga gul qöygan.

«Biz bilamizki, vidolaşuv, dafn marosimi 3 sentabr kuni bölib ötadi, ammo, afsuski, prezidentning iş jadvali 3 sentabrda buni amalga oşirişga imkon bermaydi, şuning uçun u buni bugun qilişga qaror qildi», — dedi Peskov.

Avvalroq Gorbaçyovning qizi dafn marosimi Novodeviçya qabristonida 3 sentabr, şanba kuni - Soyuzlar uyi Kolonniy zalida vidolaşuv marosimidan söng bölib ötişini, unga kiriş hamma uçun oçiq bölişini aytgan edi. Gorbaçyov rafiqasi Raisa Gorbaçyova yoniga dafn etiladi. 

Peskovning sözlariga köra, marosimda «davlat dafn marosimlarining elementlari» işlatiladi. Gap faxriy qorovul, vidolaşuv va dafn marosimini taşkil etişda davlat yordami haqida bormoqda. Peskov marosim maqomi rasmiy davlat dafn marosimlaridan qanday farq qilişiga aniqlik kiritmadi. 

Mixail Gorbaçyov 30 avgust kuni «oğir va uzoq davom etgan kasallikdan söng» 92 yoşida Moskvada vafot etdi. Kreml Putin ertasi kuni, 31 avgustda SSSR sönggi rahbarining yaqinlariga hamdardlik telegrammasi yuborganini ma’lum qildi. 

Gorbaçyovning vafoti munosabati bilan köplab davlatlar rahbarlari tomonidan hamdardlik bildirildi. Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen uni «sovuq uruşni tugatiş va temir pardaning qulaşida hal qiluvçi rol öynagan» nufuzli va hurmatli rahbar deb atadi. «U erkin Yevropaga yöl oçdi. Biz bu merosni unutmaymiz», deb yozdi u. 

Germaniya kansleri Olaf Şols Gorbaçyovni «Yevropaning köp joylarida demokratiya örnatilişiga hissa qöşgan jasur islohotçi va davlat arbobi» deb atadi. 

Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonsonning ma’lum qilişiça, «Putinning Ukrainadagi agressiyasi paytida Gorbaçyovning sovet jamiyatini oçişga bölgan tinimsiz intilişi barça uçun namuna bölib qolmoqda».