Qozoğiston don va un eksportiga qöyilgan çeklovlarni olib taşlaş hamda qoramol va mayda şoxli çorva eksporti uçun kvota belgilaşga qaror qildi, deya xabar bermoqda «Interfaks» mamlakat boş vaziri saytiga tayanib.

Tegişli qaror çorşanba kuni Qozoğistonning taşqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy taşkilotlar (XIT)da iştirok etiş böyiça idoralararo komissiyasi yiğilişida qabul qilindi.

«Joriy yilda 13 million tonnadan ortiq buğdoy hosili kutilyapti, bu ötgan yildan 12 foizga köpdir. Içki iste’mol uçun taxminan 6,5 million tonna talab qilinadi. Buğdoy va meslin, buğdoy unini eksport qiliş böyiça miqdoriy çeklovlar (kvotalar)ni bekor qiliş maqsadga muvofiq. Har tomonlama muhokama yakunlari böyiça 2022 yil 10 sentabrdan boşlab don va un eksportiga qöyilgan çeklovlarni olib taşlaş töğrisida qaror qabul qilindi», deyiladi xabarda.

Xabar berilişiça, uşbu çeklov Qişloq xöjaligi vazirligining buyruği bilan 2022 yil 8 iyuldan 30 sentabrgaça bölgan muddatga kiritilgan.

Yiğilişda nasldor çorva mollaridan taşqari, yirik qoramol va mayda şoxli çorvani eksport qilişda miqdoriy çeklovlar (kvota) belgilaş ham ma’qullandi.

Statistik ma’lumotlarga köra, 2022 yil 1 avgust holatiga Qozoğistonda qoramol soni 9,4 million boş, jumladan, sigir 4,5 million boş, naslli çorva 3,2 million boşni taşkil etgan.

«60 ming boş yoki umumiy çorva mollarining 9 foizi, şuningdek, 120 ming yoki jami çorva mollarining 10 foizi miqdorida buzoqlarni eksport qiliş uçun kvota belgilaş töğrisida qaror qabul qilindi», — deyiladi matbuot xabarnomasida.

Qozoğistonda joriy yilning 21 yanvaridan 21 iyuliga qadar qoramol va mayda şoxli çorvani olib çiqib ketiş taqiqlangan edi.