Buyuk Britaniyaning Myanmadagi sobiq elçisi Viki Bouman viza rejimini buzganlikda ayblanib Yangon şahri sudi tomonidan bir yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Myanmar Now portali xabar berdi.
Bouman bilan birga uning eri, Myanma fuqarosi Txeyn Lin ham bir yilga qamaldi. U xotiniga qonun buzişda şerik bölganlikda ayblangan.
Qayd etilişiça, ular Bouman röyxatdan ötgan Yangon şahridagi oilaviy uylarida emas, Txeyn Linning Tayland bilan çegara yaqinidagi uyida yaşaşgani qonun buzilişi deb topilgan.
Ular 2006 yilda Angliyaga ketişgan, 2013 yilda Myanmaga qaytib kelişgan. Bouman bu yerda "Mas’uliyatli biznes markazi" nodavlat taşkilotiga rahbarlik qilgan.












