Prezidentning “Mahalliy mahsulotlarni xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. 

Qişloq xöjaligi vazirligi Ösimliklar karantini agentligi bilan birgalikda Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi iştirokida amalga oşirilayotgan:

“Özbekiston qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş” loyihasiga ajratilgan mablağlar hisobidan respublika agrokimyoviy tahlil markazini 1 mln AQŞ dollari qiymatiga teng asbob-uskunalar bilan jihozlaş çoralarini köradi;

“Özbekistonda meva-sabzavotçilik tarmoğini rivojlantiriş” loyihasi iqtisod qilingan mablağlari hisobidan respublika agrokimyoviy tahlil markazi 13 ta hududiy filialini 11,4 mln AQŞ dollari qiymatiga teng zamonaviy laboratoriya asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlaydi.

Veterinariya qömitasi 2022 yil 1 noyabrga qadar laboratoriya tekşiruvlari yagona elektron ma’lumotlar bazasi axborot tizimini işga tuşiradi.

Sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi xizmati manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

a) bir oy muddatda eksportçi korxonalarni qöllab-quvvatlaş va eksport salohiyatini oşirişga doir çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati markaziy va quyi böğin faoliyatini yölga qöyadi;

b) 2023 yil 1 yanvarga qadar:

“Oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi töğrisida”gi qonuni loyihasi yangi tahriri va “Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi töğrisida”gi texnik reglament loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

Toşkent şahrida – 2 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Namangan viloyatida – 1 tadan laboratoriya majmualarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş çoralarini köradi;

v) 2024 yil 1 yanvarga qadar respublika böyiça 10 ta laboratoriya majmualarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş çoralarini köradi;

g) 2022 yil 30 oktyabrga qadar Sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi xizmati bazasida kadrlarning kasbiy malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş markazini taşkil etiş böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.