Moskvada, Soyuzlar uyi Kolonniy zalida 3 sentabr, şanba kuni 30 avgust kuni 92 yoşida vafot etgan SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbaçyov bilan vidolaşuv marosimi bölib ötyapti. Bino yaqinida örnatilgan panjaralar yonida uzun navbat yuzaga kelgan. Politsiyaçilar kelganlarni bir neça önlab odamlardan iborat guruhlar bölib içkariga kirityapti.

Rossiya matbuoti xabariga köra, Toşkent vaqti bilan soat 12:00 da boşlangan marosimda allaqaçon xonanda Alla Pugaçyova, şuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari, Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev ham iştirok etgan. Amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin xayrlaşiş uçun kelmadi, avvalroq u Gorbaçyov bilan alohida vidolaşgandi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni Putinning bandligi bilan izohladi. 

Mixail Gorbaçyov uçun davlat miqyosida dafn marosimi uyuştirilmadi. Vidolaşuv marosimida yuqori martabali ğarb siyosatçilari ham iştirok etişi kutilmayapti. Bunga Rossiyaning Ukrainaga qurolli kirişi sababli ğarb tomonidan Rossiya Federatsiyasiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar sabab böldi. Vidolaşuv marosimida Germaniyadan Rossiyadagi elçixonaning muvaqqat işlar vakili iştirok etmoqda. 

Germaniya kansleri Olaf Şols Gorbaçyov bilan xayrlaşuv marosimiga kelmaganini taklifnoma olmagani bilan izohladi. Germaniyaning bir qator federal hududlarda motam belgisi sifatida bayroqlar tuşirib qöyildi.

Köplab ğarb siyosatçilari uçun Moskvaga keliş baribir imkonsiz edi, çunki Rossiya ularga mamlakatga kirişni taqiqlagan. Rossiya, şuningdek, «döstona bölmagan Yevropa ittifoqi mamlakatlari» samolyotlari uçun havo hududini yopdi. Şuning uçun ğarb nomidan Gorbaçyov bilan xayrlaşiş uçun faqat çet el elçilari va diplomatlari kelgan. Ayni paytda, Vengriya hukumati vidolaşuv marosimida boş vazir Viktor Orban iştirok etişini ma’lum qildi. 

Mixail Gorbaçyov Moskvadagi Novodeviçya qabristonida rafiqasi Raisa yoniga dafn etiladi. Germaniyada Gorbaçyov Germaniyani birlaştirişdagi yordami va yadroviy qurolsizlaniş yölidagi xizmatlari uçun yuksak qadrlanadi. 

Şu bilan birga, Rossiyaning özida Mixail Gorbaçyov u boşlagan qayta quriş va SSSR parçalanişi tufayli turliça qabul qilinadi. Putin sovet ittifoqining parçalanişini fojia va «tarixiy Rossiyaning qulaşi» deb atagan. Gorbaçyov hayotining sönggi yillarida Rossiyada söz erkinligi çeklanişi va Putinning avtoritar rejimini tanqid qilib keldi.