Poytaxtdagi bir qança mehmonxonalar menejyeri hisoblangan Dilşod Odilovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Toşkent şahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi hamda tuman bölimlari xodimlari bir neça marotaba uning boşqaruvidagi mehmonxonalarga taşrif buyurgan.
IIV xodimlari “e-mehmon” tizimi orqali röyxatdan ötgan mehmonlarning haqiqatda ham öşa xonada yaşayotganini tekşirişgan. Bu tekşiruvlar uçun heç qanday asos körsatilmagan. Bundan taşqari, tekşiruvlar soat ertalabki 5-7 oraliğida bölgani uçun dam olişga kelgan köplab sayyohlarning noroziligiga sabab bölgan.


Kun.uz bilan gaplaşgan Toşkentdagi köplab mehmonxonalar menejyerlari ham uşbu holatni tasdiqladi. Xususan, poytaxtdagi mehmonxona boşqaruvçilarining telegram guruhida ötkazilgan sörov qatnaşçilarining 76 foizi tekşiruv bölganini, 40 foizi IIV xodimlari xonalargaça kirganini tasdiqlagan.

«Dunyoning qaysi davlatida sizni keçasi uyğotib pasportingizni tekşirişgan? Bu kabi tekşirişlar hamma mehmonxonalarda bölmoqda. Xavfsizlikni biz ham istaymiz. Lekin evi bilan tekşiriş kerak-da!
Şarmanda bölamiz bunaqada turistlar oldida. Özi bir neçtasiga şarmanda bölib böldik. «Davlatingiz sizlarning elektron röyxatga qöyganingizga yoki çegaraçilaringizga işonmaydimi?» - deyişyapti.
Prezidentimiz turizmni rivojlantiringlar demoqda, bu yoqda esa turizmga zarar beriş uçun qöldan kelganini qilişyapti. Bular esa yana eski Özbekistondagi holatga qaytişyapti, çunki bu narsalar 2016 yilgaça bölgan, keyin tekşiruvlar bölmay qolgandi. Hozir yana qaytyapti», - deydi Dilşod Odilov.

Holatga izoh oliş uçun Içki işlar vazirligiga murojaat qildik. IIV matbuot kotibi Şoxruh Ğiyosovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, xavfsizlikni ta’minlaş bilan boğliq tekşiruvlar ayrim fuqarolarga noqulaylik keltirişi tabiiy va bu çoralar butun dunyoda töğri qabul qilinadi.













