Toşkent şahrida pnevmatik qurol olib yurgan yana bir haydovçi aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

2022 yil 30 avgust kuni soat 23:30 larda Toşkent şahar Yakkasaroy tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Soriyev va J.Parmonovlar tomonidan Bobur köçasi böylab harakatlanib kelayotgan, haydovçi, 1994 yilda tuğilgan A.S. boşqaruvidagi Lacetti avtomobili töxtatilgan.

Qayd etilişiça, avtomaşina xolis va guvohlar iştirokida tekşirilganda, uning salonidan tegişli hujjatlari bölmagan pnevmatik qurol topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, fuqaro A.S. va qurol Yakkasaroy tumani IIO FMBga topşirilgan.

Bundan oldin Toşkentda YPX xodimlari töxtatgan “Nexia-3” salonidan qurol topilgani xabar qilingandi.