Rossiyaning «Gazprom» konserni «Şimoliy oqim» quvuri orqali gaz yetkazib berişni töxtatgani uçun körsatgan sabab - bahona, deya ma’lum qildi Yevrokomissiya. «Bugun tuşdan keyin «Gazprom»ning «Şimoliy oqim-1»ni yolğon bahonalar bilan yana yopib qöygani haqida e’lon qilişi uning yetkazib beruvçi sifatida işonçsizligining yana bir tasdiğidir. Bu şartnomalarni bajariş örniga gazni yoqişni afzal körayotgan Rossiyaning surbetligini ham tasdiqlaydi», deb yozadi 2 sentabr, juma kuni Yevrokomissiya matbuot kotibi Erik Mamer Twitter’da.
Öz navbatida, Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qiliş vazirligi «Gazprom» xabariga izoh berişdan boş tortdi va faqatgina ular buni hisobga olganini bildirdi. «Biz bu bayonotni mohiyatiga köra izohlamaymiz, lekin sönggi bir neça hafta içida Rossiyaning işonçsizligini kuzatdik va şunga mos ravişda Rossiyaning energiya importidan mustaqillikni mustahkamlaş böyiça qat’iy va izçil çoralar körişda davom etamiz», dedi Iqtisodiyot vazirligi vakili.
Uning qöşimça qilişiça, Germaniya omborxonalarini 85 foizga töldiriş böyiça oktyabr oyidagi maqsadga sentabr oyining boşidayoq erişiladi. Bundan taşqari, suyultirilgan gazni qabul qiliş böyiça yangi quvvatlarni yaratiş va gaz yetkazib berişning muqobil yönalişlarini izlaş böyiça «muvaffaqiyatli iş» davom etmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq «Gazprom» şirkati «Şimoliy oqim» orqali gazni yuklaş dastlab rejalaştirilganidek 3 sentabrdan tiklanmasligini ma’lum qilgandi. Rossiya kompaniyasi bunga sabab sifatida «Portovaya» kompressor stansiyasida neft sizib çiqişini körsatdi.
«Uskunaning işlaşiga oid jihatlar bartaraf etilmagunça, «Şimoliy oqim» gaz quvuriga gaz beriş butunlay töxtatildi», — deb xabar qildi rossiyalik monopolist. «Gazprom» bayonotida ta’kidlanişiça, «Siemens kompaniyasining ma’lumotlariga köra, uşbu dvigatellarda moy oqişi töliq bartaraf etilişini faqat ixtisoslaştirilgan ta’mirlaş kompaniyasi şaroitida amalga oşiriş mumkin».
Germaniyaning Siemens Energy AG kompaniyasi bunga javoban «Şimoliy oqim» gaz quvuri işini töxtatiş uçun heç qanday texnik sabablar yöqligini aytdi. «Turbina işlab çiqaruvçisi sifatida faqat şuni ta’kidlaşimiz mumkinki, bunday xulosa («Gazprom»ning) işni töxtatiş uçun texnik sabab bölmaydi. Bunday sizib çiqiş odatda turbinaning işlaşiga ta’sir qilmaydi va ularni joyida bartaraf etiş mumkin, - dedi kompaniya vakili.
Uning sözlariga köra, bunday muammolarni bartaraf etiş - «profilaktika işlari doirasidagi muntazam operatsiya»dir. Siemens’da ta’kidlanişiça, ilgari bunday sizib çiqişlarning paydo bölişi qurilma işini töxtatişga olib kelmagan.












