Ammo rossiyalik oligarxning davri 2022 yilda yakunlandi, taxtga amerikalik Todd Bouli ötirdi. Transferlar bilan şuğullangan Petr Çex va Marina Granovskaya öz vazifasidan ozod etildi. Natijada, Toddning özi transfer siyosatini boşqaradigan böldi.
Tuxel bilan birgalikda ular juda kuçli transfer kampaniyasini ötkazişdi – «Çelsi» tarkibni kuçaytiriş uçun 250 million funtdan ortiq mablağ sarfladi.
Röyxatga nazar solamiz:
- 69 mln – Uesli Fofana;
- 55 mln – Mark Kukurelya;
- 45 mln – Rahim Sterling;
- 32 mln – Kalidu Kulibali;
- 20 mln – Karni Çukvuema;
- 13 mln – Çezare Kasadei;
- 13 mln – Gabriel Slonina;
- 10 mln – Per-Emerik Obameyang;
- ijara – Denis Zakariya;
- bepul – Omari Xatçinson.
Keling, Boulining birinçi transfer kampaniyasi natijalarini sarhisob qilamiz.
Sport direktorining yöqligi
Abramoviç öz vaqtida işni donolik bilan boşlagan edi. U futbolçilarni sotib olişda malakali emasligini tuşundi va «Mançester Yunayted»dan Piter Kenonni sport direktori lavozimiga taklif qildi.
Kenon bir neçta ajoyib transferlarni amalga oşirdi, futbolçilar bilan şaxsan yaxşi işladi – masalan, sobiq jamoasidan Aren Robbenni ilib ketdi va niderlandiyalikni «Çelsi» loyihasi istiqbolli ekaniga işontirdi.
Bouli sport direktorini yollaşga ulgurmadi. «Liverpul»ning sobiq mutaxassisi Maykl Edvards haqida miş-mişlar tarqaldi, ammo u futbolga qaytişni istamadi. Şu bois, «Çelsi» bu lavozimga odam topişni kuzga qoldirdi. Bu katta xato bölişi mumkin, çunki transfer işlarida sport direktorining roli muhim. Bouli transfer oynasi yopilgunga qadar heç bölmaganda Granovskayani qoldirişi kerak edi. Ammo, aftidan, u eski xöjayinlar davridagi xodimlar bilan işlaşni istamadi.
Transfer bozoriga keç kiriş
«Çelsi» transfer bozoriga boşqalardan yaqqol ortda qolgan holda kirdi. «Arsenal» Gabriel Jyezus transferi, «Barselona» esa Levandovski va Kunde transferi ustida işlayotgan bir paytda, «köklar» yangi rahbariyat bilan boğliq rasmiyatçiliklar bilan maşğul bölişdi. Natijada, «Çelsi» transfer bozoridagi peşqadamlikni raqiblariga qöşqöllab topşirdi va bir neça futbolçilarni aynan şu sababli qöldan çiqardi.
















