Joriy yilning 4 sentabr kuni mamlakatimizning yetakçi neft konlariga xizmat körsatuvçi ERIELL Group kompaniyasi mutaxassislari Özbekiston neft va gaz sanoati sohasidagi barça hamkasblari bilan birgalikda özlarining asosiy kasb bayramlarini nişonladilar.

Mamlakatimiz neft va gaz sohasida asosiy işlab çiqariş körsatkiçlari muttasil ösib bormoqda. ERIELL Group kompaniyasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi qarori ijrosi doirasida 2017 yilda qabul qilingan “Uglevodorod xomaşyosini qazib olişni oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi” loyihasini amalga oşiriş jarayonida boş pudratçi hisoblanadi. Dastur kompaniya guruhi tomonidan “Özbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda, jumladan, pastdebitli quduqlarda oqimni kuçaytiriş yönalişida amalga oşirilmoqda.

ERIELL bir qator loyihalarning boş pudratçisi sifatida butun Özbekiston böylab neft va gaz qazib oladi. Kompaniyalar guruhi “Özbekneftgaz” AJ, Sanoat Energetika Guruhi (SEG) MÇJ XK, Surhan Gas Chemical, Natural Gas Stream QK, Gazli Gas Storage MÇJ XK, Uz-Kor Gas Chemical QK MJÇ cingari buyurtmaçilar konlarida mehnat qiladi.

Birgina yer qa’ridan foydalanuvçi SEGda 100 dan ortiq kon mavjud bölib, ularni özlaştiriş jarayonida ERIELL mutaxassislari nafaqat yangi quduqlarni samarali burğilaş, balki ön yillar davomida işlamay turgan eski quduqlarni ham muvaffaqiyatli tiklaydi. Kompaniyaning neft konlariga xizmat körsatiş guruhining zamonaviy texnologiyalari darajasi ularni qayta işga tuşiriş va mamlakatni qöşimça neft va gaz bilan ta’minlaş imkonini beradi. Mahsuldor qatlamlarni izlaş böyiça jadal işlar olib borilmoqda. ERIELL Group şu yilning özida buyurtmaçi SEG obektlarida 2D uzunligi 1214 kilometr va 3D-500 kvadrat kilometr seysmorazvedka tadqiqotlari ötkazişni rejalaştirmoqda.   

Gazli Gas Storage buyurtmaçining “Gazli” yerosti gaz ombori (YeOGO)ni kengaytiriş loyihasini amalga oşirişda Kompaniyaga alohida vazifa yuklatilgan. Mamlakatdagi eng yirik yerosti ombori hajmini 3 milliarddan 6 milliard kub metrgaça oşiriş rejalaştirilgan. Kompaniyada bugungi kunda obektlarda yangi quduqlarni burğilaş uçun 6 dona burğilaş va yuk kötariş qurilmalari işlamoqda. ERIELL burğilovçilarining «Gazli» konidagi mehnatining öziga xos xususiyati quduqlarni quriş va burğilaş işlarini muddatidan oldin yakunlaşi hisoblanadi.

ERIELL Group mutaxassislarining tajribasi va texnologiyalari buyurtmaçi Surhan Gas Chemical'ning «Mustaqillikning 25 yilligi» konini özlaştiriş uçun boş pudratçi sifatida tanlanişida muhim asos böldi. Bu yerda qatlamlardagi vodorod sulfidining yuqori tarkibi (8%) va konning murakkab toğ-geologik şaroiti kabi omillar uglevodorodlarni qazib oliş vazifasini murakkablaştiradi. Innovatsiyalar va eng yaxşi xalqaro texnologiyalarni qöllaş ERIELL'ga konlarni özlaştirişda yordam beradi. Aynan şu yerda kompaniya tomonidan butun loyiha doirasida quduqlarni klasterli burğilaş konsepsiyasi ilk bor qöllangan. Va aynan şu yerda qayta-qayta kunlik kavlab boriş böyiça rekordlar örnatilgan. «Mustaqillikning 25 yilligi» konida mamlakatda birinçi marta quyi Yura va Paleozoy yotqiziqlariga yuqori harorat va yuqori qatlam bosimi şaroitida çuqurligi 4749 m bölgan quduq burğilandi. Va bu har kuni töldirilişi davom etayotgan noyob işlanmalar, rekordlar, yangi uslublarning töliq röyxati emas.