Namangan viloyatida boşqaruvni yöqotgan maşina yöl çetiga çiqib ketib, yöl-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar qildi.

Qayd etilişiça, holat 4R-112 Farğona halqa yöli avtomobil yölining Çust—Pop yönalişida sodir bölgan. Lacetti avtomaşinasini boşqarib ketayotgan haydovçi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yöldan çiqib ketgan.

YTH oqibatida transport vositasi texnik şikastlangan.

Avtomaşina içida bölgan haydovçi va ikki nafar yölovçilarda tan jarohati aniqlanmagan.

«Hurmatli haydovçilar, yöllarda harakatlangan vaqtingizda huşyorlik va ziyraklikni oşiring. Çarçoqni sezsangiz avtomaşinangizni darhol töxtating va biroz mizğib oling» — deyiladi xabarda.