Ijtimoiy tarmoqlarda «Rohat» postiga kelaverişda Lacetti katta tezlikda beton tösiqqa urilib, yonib ketgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toşkent viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum bölişiça, 3 sentabr kuni soat taxminan 14:15 da Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumani hududidan ötgan, davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R17a avtomobil yölining 4-kilometrida haydovçi — 2001 yilda tuğilgan Q.Ş. Lacetti’da ketayotib, rul boşqaruvini eplay olmay, yölning öng çetidagi muhofazalovçi beton tösiqqa urilib, yöl-transport hodisasi sodir etgan. Beton tösiqqa urilişi oqibatida avtomobilda yonğin kelib çiqqan va maşina töliq yonib ketgan.
Uşbu yöl-transport hodisasidan söng haydovçiga voqea joyida birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Yuqori Çirçiq tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.












