Bu haqda «Vedomosti»ga kompaniyaga yaqin manba ma’lum qildi va Huawei’ning Rossiyadagi hamkorlaridan biri buni tasdiqladi. Huawei matbuot xizmati xodimlarining Rossiyadan ko‘chirilishi haqidagi ma’lumotga izoh bermadi.

Telecom Daily agentligi bosh direktori Denis Kuskovning fikricha, gap asosan Qozog‘istonga ko‘chib o‘tish haqida ketyapti. Bu respublika barcha MDH mamlakatlari orasida Huawei uchun Qozog‘iston bozori mintaqadagi eng yirik va istiqbolli hisoblanishi tufayli tanlangan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonga o‘tkazilgan xodimlar kompaniya biznesining nafaqat ushbu davlat, balki MDHning barcha mamlakatlarida rivojlanishi uchun javobgar bo‘ladi.

Ko‘chirish yordamida kompaniya ikkilamchi sanksiyalardan qochib, parallel import uchun ta’minotni tashkil qilmoqchi, deydi Infoline tahlil shirkati bosh direktori Mixail Burmistrov.

Iyun oyida Huawei Rossiyadagi rasmiy do‘konlari yopilishini e’lon qildi. Keyinchalik Huawei smartfonlari uchun ehtiyot qismlar taqchilligi kuzatilayotgani ma’lum bo‘ldi. Iyul oyida kompaniya Rossiyadagi frilanserlarining yarmi bilan shartnomalarni bekor qildi. Xodimlarning katta qismi ta’tilga chiqarildi, kompaniya endi yangi xodimlarni jalb qilmayapti.